Линклар

Шошилинч хабар
20 апрел 2024, Тошкент вақти: 04:25

Futbol: G'alabaga qaramay Braziliya sari yo'l yanada uzoqlashdi


Futbol bo'yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi 2014 yilgi Jahon chempionati saralash o‘yinlari doirasida Toshkentda Qatar terma jamoasi bilan bellashdi.

Poytaxtdagi "Bunyodkor" stadionida o‘tgan o‘yinda O‘zbekiston 5-1 hisobida g‘alaba qozondi.

Gollarga Qatardan Abdulqodir Adam (37), O'zbekistondan esa Bahodir Nasimov (60, 74), Oleg Zoteyev (72), Odil Ahmedov va Ulug'bek Baqoyevlar (90+1) mualliflik qilishdi.



Lekin, bu g‘alaba O‘zbekiston jamoasiga foyda bermadi.

Chunki, 18 iyun kuni O‘zbekiston bellashayotgan "A" guruhida ikkinchi juftlik uchrashuvi ham bo‘lib o‘tdi.

Unda Janubiy Koreya terma jamoasi Seulda Eron terma jamoasiga 0-1 hisobiga yutqazdi.

Endi O‘zbekiston terma jamoasi pley-offda "B" guruhida 3 o‘rinni qo‘lga kiritgan Iordaniya terma jamoasi bilan bellashadi.

Osiyo pley-off o‘yinlari 6 va 10 sentyabr kunlari bo‘lib o‘tadi. O‘tgan yili tashlangan qur‘aga ko‘ra, dastlabki o‘yin "B" guruhi vakili maydonida bo‘lib o‘tadi.

Agar O‘zbekiston terma jamoasi pley-offda ikki o‘yin natijasiga ko‘ra g‘olib chiqsa, u holda Janubiy Amerika saralash guruhida 5-o‘rinni qo‘lga kiritgan jamoa bilan o‘yin o‘tkazish imkoniga ega bo‘ladi.

Janubiy amerikalik jamoaga qarshi bahslar 15 va 19 noyabr kunlari bo‘lib o‘tadi. Dastlabki o‘yin Osiyo qit‘asida bo‘lsa, javob o‘yini Janubiy Amerikada o‘tkaziladi.

Agar, u o‘yinda ham g‘alaba qozonsa, u holda O‘zbekiston terma jamoasi Jahon chempionatiga yo‘llanmani qo‘lga kiritishi mumkin.
XS
SM
MD
LG