Линклар

Shu kunlarda o‘zbek mashshoqlari orasida jonli ijro mavzusi munozara markaziga chiqdi. O‘zbek qo‘shiqchiligida ovozi kompyuter dasturida parvarishlanib, diskka ko‘chirilgan hofizlarning ko‘payganidan tashvish bildirilmoqda.

To‘y va kontsertlarda bu qo‘shiqchilarning faqat og‘zini ochib-yumib turishi chipta sotib olgan muxlislar noroziligiga ham sabab bo‘lmoqda.

Ayni paytda o‘z qo‘shiqlarini faqat jonli ijro qiladigan hofizlar ham yo‘q emas.

Shulardan biri 42 yasharlik hofiz O‘lmas Ollaberganovdir.

O‘lmas Ollaberganov Fuzuliyning “Qurbon o‘lam” g‘azalini o‘zi dutor chalib jonli ijro qilganidan keyin mashhur bo‘ldi.

Bundan 20-30 yillar avval Buxoro yahudiylari orasidan yetishib chiqqan Izro Malaxov¸ Abram Toymasovlar maromiga yetkazib kuylagan bu eski qo‘shiqqa O‘lmas Ollaberganov yangi tarovat bag‘ishlagani e‘tirof qilindi.

Turkiyning o‘g‘uz lahjasida g‘azal ëzgan Fuzuliyga oid bu g‘azalni jonli ijroda O‘lmas Ollaberganov tilidan eshitgan taniqli ashulachi Nasiba Abdullayeva Ozodlik bilan suhbatda bu ijro borasidagi hayratini yashirib o‘tirmadi:

-Jonli ijroni juda sog‘inibman shekilli. O‘lmas Ollaberganov ijrosidan juda ta‘sirlandim. Menimcha san‘atni rivojlantiradigan omil bu jonli ijrodir¸dedi Nasiba Abdullayeva.

O‘lmas Ollaberganovning “Qurbon o‘lam” ashulasini ijro qilgan ilk videotasvirlarni oradan o‘n sakkiz yil o‘tib qayta tomosha qildim.

1995 yil suratga tushirilgan kontsertda "Qurbon o‘lam" ashulasi ijro qilinyapti.

Ekranda sochlari jingalak hushro‘y yigit silkinib*silkinib qo‘shiq aytyapti. Huddi qo‘shiq so‘zlari vulqon ichiga qamalgan lavaday otilib-otilib chiqmoqda.

Kel keley mohiliqo husningga qurbon o‘lam
Halqai zulfi parishoninga qurbon o‘lam..

dastlab, sekin boshlangan ashula misrama-misra avjiga minib boraveradi.

Olloh sevgisi yo‘lida qurbon bo‘lish istagi aks etgan qo‘shiq obidning orif bo‘lish yo‘lidagi munojoti kabi yangraydi.

Ozodlik bilan suhbatda hofiz O‘lmas Ollaberganov bu qo‘shiq o‘zining tashrif qog‘oziga aylanganini aytdi.

-Har safar to‘ylarda o‘sha qo‘shiqni so‘rashadi. Mantiqan falsafiy bu qo‘shiqni ëshlar ham jon qulog‘i bilan eshityapti, deydi suhbatdosh.

O‘lmas Ollaberganov Xorazm mumtoz qo‘shiqchiligini jonli ijro bilan davom ettiraëtgan navqiron vakil hisoblanadi. Xorazm qo‘shiqchiligidagi asosiy musiqa asboblari¸ tanbur va dutor chalish borasida e‘tirof qilingan usta sozanda ham hisoblanadi.

O‘lmas Ollaberganov Buxoroning Kogon tumanida tug‘ilib o‘sganini aytadi:

-Mening ota avlodim xorazmlik, otam Hazoraspning Pitnak tumanidan. Ona avlodim esa buxorolik. Onam Qorako‘ldan. Men Buxoro viloyatida tavallud topganman. Ëshligimdan Xorazm qo‘shiqlari ta‘sirida o‘sib ulg‘aydim, deydi suhbatdosh.

Jonli ijro haqida so‘raganimizda O‘lmas Ollaberganov ko‘chada ketaëtganiga qaramasdan telefonda “Qurbon o‘lam”dan bir parchani ijro qilib berdi.

Qaddi bastingga tasadduq Fuzuliy qilajon¸
Siynayu sofi shifo bad shunga qurbon o‘lam.

O‘lmas Olloberganov bilan suhbatni quyida to‘liq tinglashingiz mumkin.

XS
SM
MD
LG