Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 20:04

Opera: O'zbekiston androidsevarlari orasida Samsung smartfonlari eng mashhur


O'zbekistonlik internet foydalanuvchilari orasida mashhur bo'lgan Opera Mini brauzerini ishlab chiqaruvchi Opera Software shirkati O'zbekistondagi eng ommabop Android bazasidagi smartfonlar o'ntaligini e'lon qildi.

Bu haqda Uzdaily.uz nashri xabar berdi.

Shirkat bergan ma'lumotga ko'ra, o'zbekistonlik androidsevarlar Samsung shirkati ishlab chiqargan apparatlardan ko'proq foydalana boshlagan.

O'tgan yili e'lon qilingan o'ntalikga Janubiy Koreya shirkatnining uchta modeli kirgan edi. Bu yilgi o'ntalikda esa 7 smartfon Samsungga tegishli va ularning barchasi Galaxy turkumiga kiradi.

Qiziqarli tarafi shuki, bu yilgi ommabop smartfonlar reytingiga O'zbekistonda ishlab chiqarilayotgan Artel Adi5 apparati ham kiritilgan.

O'zbekistonda Opera Mini foydalanuvchilari orasidagi eng ommabop Android-smartfonlar o'ntaligi quyidaicha:

1. Samsung Galaxy S II (GT-I9100)
2. Samsung Galaxy S III (GT-I9300)
3. Samsung Galaxy S (SHW-M110S)
4. Samsung Galaxy Ace (GT-S5830i)
5. SonyEricsson Xperia ray (ST18i)
6. Samsung Galaxy Y (GT-S5360)
7. Samsung Galaxy Gio (GT-S5660)
8. SonyEricsson Xperia Arc S (LT18i)
9. Samsung Galaxy Ace (GT-S5830)
10. Artel Adi5

Opera Sofrware shirkati statistikasiga ko'ra, O'zbekistondagi Opera Mini foydalanuvchilari soni o'tgan yilgiga nisbatan 47 foizga oshgan.

O'tgan yilgi ma'lumotda Opera Mini brauzerini ishlatuvchi o'zbekistonliklar soni bir milliondan ziyod ekani aytilgan edi.

Mobil telefon va smartfonlar uchun ishlab chiqilgan Opera Mini brauzeri mobil internet traffigini 90 foizgacha siqish, ya'ni trafikni tejash finksiyasi bilan mashhurdir.
XS
SM
MD
LG