Линклар

logo-print
Italiya sudi taniqli dizaynerlar Domeniko Dolche va Stefano Gabbanani soliq to‘lashdan qochganlikda aybdor deb topib, har birini bir yil sakkiz oyga shartli qamoq jazosiga hukm qildi.

Milan shahrida o‘tgan mahkamada dizaynerlar bir milliard yevroga teng daromadni davlatdan yashirganilikda va yuz millionlab yevro soli to‘lmaganlikda aybdor deb topilgan.

Shartli qamoq jazosidan tashqari Dolche va Gabbana Italiya davlatiga 500 ming yevro jarima to‘lashlari shart.

Tekshiruvlar dizaynerlar Dolce&Gabbana brendini 2004 yilda Lyuksemburgda joylashgan shirkatga sotganidan so‘ng boshlangan edi.

Prokurorlar Dolche va Gabbanani soliq to‘lamaslik uchun o‘z brendini sotilganlikda ayblashgan.
XS
SM
MD
LG