Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 16:17

O‘zbekiston chegarachilari Qirg‘iziston fuqarosini otib qo‘ydi


O‘zbekiston chegarachilari chorshanba kuni Qirg‘iziston fuqarosini otib qo‘ydi.

Bu haqda Qirg‘iziston chegara xizmati ma‘lum qildi.

Voqea chorshanba kuni yarim tunda qo‘shni davlatning Batken viloyatidagi Aydarken chegara otryadiga qarashli "Markaz" chegara zastavasi yaqinida ro‘y bergan.

Chegarachilar o‘qidan halok bo‘lgan fuqaro Qirg‘izistonning Qadamjoy tumani turg‘uni bo‘lgan.

O‘zbek chegarachilari nima sababdan qirg‘iz fuqarosini o‘qqa tutgani hozircha aniq emas.

Bugun, 20 iyun kuni ushbu voqea yuzasidan O‘zbekiston va Qirg‘iziston chegara xizmatlari vakillari uchrashishi aytilmoqda.
XS
SM
MD
LG