Линклар

Ispaniyaning “Barselona” futbol klubi hujumchisi Lionel Messi va uning otasi Xorxega nisbatan soliq to‘lamaganlik bo‘yicha rasman ayblov e‘lon qilindi.

Xabarlarga ko‘ra, futbolchi otasi bilan 17 sentyabr kuni o‘tadigan sud mahkamasiga guvohlik berish uchun kelishi kerak.

Argentinalik futbolchi 2006-2009 yillarda soliq deklaratsiyasini noto‘g‘ri to‘ldirganlikda va 4 million yevroni Ispaniya soliq idorasiga to‘lamaganlikda ayblanmoqda.

25 yoshli Messining o‘zi bu ayblovlarni rad etdi.

Lionel Messi 2004 yildan beri Ispaniyaning “Barselona” futbol klubida faoliyat yuritib keladi. U so‘nggi 4 yil davomida qatorasiga yilning eng yaxshi futbolchisi deya e‘tirof etilgan.

Forbs jurnaliga ko‘ra, Messi yiliga 41 million dollardan ko‘proq daromad topadi.
XS
SM
MD
LG