Линклар

O‘zbekiston aroq ichuvchi mamlakatlar o‘ntaligiga kirdi. International Wine & Spirit Research tashkiloti o‘tkazgan tadqiqot natijalarini Britaniyada chiqadigan nufuzli Economist jurnali e‘lon qildi.

Bu reytingda O‘zbekiston 5-o‘rinni egalladi. Alkogol mahsulotlari bozorini tadqiq qiluvchi International Wine & Spirit Research tashkiloti ma‘lumotlariga ko‘ra, 2012 yilda har bir o‘zbekistonlikka 4,4 litr aroq to‘g‘ri kelgan. O‘zbekistonda o‘tgan yili jami 130 million litrdan ortiq aroq iste‘mol qilingan.

Economist juranlida berilgan reytingda birinchi o‘rinni 2012 yilda jon boshiga qariyb 14 litrdan aroq to‘g‘ri kelgan Rossiya egallagan. Rossiyaliklar o‘tgan yili jami qariyb 2 milliard litr aroq ichgan.

Retingda Rossiyadan keyingi ikkinchi o‘rinni yarim milliard litrdan ortiq aroq ichilgan Qo‘shma Shtatlar egallagan.

Bu reytingga sobiq ittifoq davlatlaridan Ukraina, Belarus va Qozog‘iston ham kiritilgan.

Jahon bo‘yicha o‘tgan yili jami 4,44 milliard litr aroq iste‘mol qilingan.

International Wine & Spirit Research tashkiloti tadqiqotida spirtli ichimliklardan rom va jin kabi mahsulotlar bozoriga ham baho berilgan.
XS
SM
MD
LG