Линклар

logo-print
Futbol bo'yicha Ispaniya terma jamaosi Braziliyada o'tayotgan Konfederatsiyalar kubogi guruh bosqichidagi uchrashuvda raqib darvozasiga javobsiz 10 ta gol kiritdi.

Taiti terma jamoasiga qarshi o'tgan o'yindagi gollarga Fernando Torres (poker), David Vilya (xet-trik), David Silva (dubl) va Xuan Matalar mualliflik qilishdi.

Guruh bosqichidagi ikki uchrashuvdan so'ng Ispaniya terma jamoasi 6 ochko bilan "B" guruhdagi yetakchilik qilmoqda.


2013 yilgi Konfederatsiyalar kubogida sakkiz terma jamoa qatnashmoqda: "A" guruhi - Braziliya, Italiya, Meksika, Yaponiya, "B" guruhi - Ispaniya, Nigeriya, Urugvay, Taiti.

Konfederatsiyalar kubogi 1992 tashkil etilgan bo'lib, u Jahon chempionatidan bir yil oldin mezbon mamlakatda o'tkaziladi.

Kubokda jahondagi har bir futbol konfederatsiyalari g'oliblari, amaldagi jahon chempioni va kelasi Jahon chempionati mezboni qatnashadi (jami 8 terma jamoa).

Eslatamiz, o'zbekistonlik FIFA referisi Ravshan Ermatov ayni damda Braziliyada o'tayotgan Konfederatsiyalar kubogida xizmat qilish uchun chaqirilgan. Unga qanotlarda hakamlar Abduhamidullo Rasulov (O'zbekiston) va Bahodir Qo'chqorov (Qirg'iziston) assistentlik qilishadi.
XS
SM
MD
LG