Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 19:19

Toshkent, Farg‘ona va Andijonda yong‘in ro‘y berdi


Ozodlikka yuborilgan fotosuratda shu joydagi masjiddan tutun chiqayotganini ko‘rish mumkin. Dastlab Toshkentning kichik xalqa yo‘li oldidagi masjid ekani aytilgan voqea joyi, ma‘lum bo‘lishicha, Andijonga doirdir.
Ozodlikka yuborilgan fotosuratda shu joydagi masjiddan tutun chiqayotganini ko‘rish mumkin. Dastlab Toshkentning kichik xalqa yo‘li oldidagi masjid ekani aytilgan voqea joyi, ma‘lum bo‘lishicha, Andijonga doirdir.
Ozodlikning WhatsApp tarmog‘idagi mushtariylari shanba kuni Toshkentning kichik xalqa yuli oldida, Andijondagi masjidda va Farg‘ona shahri markazida joylashgan "Aleksandriya" nomli savdo majmuasida yong‘in sodir bo‘lgani haqida xabar yo‘llashdi.

Ozodlikka WhatsApp tarmog‘i orqali yuborilgan fotosuratda masjiddan tutun chiqayotganini ko‘rish mumkin. Militsiya yong‘in ro‘y bergan joyni o‘rab olgan.

Dastlab Toshkentning kichik xalqa yo‘li oldidagi masjid ekani aytilgan voqea joyi, ma‘lum bo‘lishicha, Andijonga doirdir.

Mushtariylarimizga ko‘ra, bu hodisa Andijondagi eski Paxta kombinatining orqa tomonidagi madrasadir. Bu xabarni yetkazgan WhatsApp foydalanuvchisiga ko‘ra, Andijondagi madrasada yong‘in shanba kuni chiqqan.

Ozodlik bu hodisa sabab va tafsilotlarini o‘rganmoqda.

Toshkentdagi hodisa guvohlari Ozodlikka bularni ma‘lum qilishdi:

"Katta pojar bo‘layotganini ko‘rdim, pojarnila ham juda ko‘p edi", deb yozdi voqeaga guvoh bo‘lganini yozgan WhatsApp mushtariysi Ozodlikka.

Yana bir mushtariymiz "Hozir kichik xalqa yo‘lidan yurib keldim. Eski Tezikova tarafda katta pojar buvotgannini kurdim, pojarniylar ham juda ko‘p edi, lekin rasmga olishga ulgumadim" deb yozdi WhatsApp orqali.

Toshkent o‘t o‘chirish xizmati rasmiylari Ozodlik bilan suhbatda 22 iyun, shanba kuni tush payti shaharning kichik xalqa yuli yonidagi maydonda quruq hashak yongani va yong‘indan binolarga, jumladan, masjidga shikast yetmaganini aytishdi.

- U yerda quruq o‘t yongan va shu zahoti yong‘in o‘chirildi, hech kimga, hech bir binoga shikast yetgani yo‘q, - dedi Toshkent o‘t o‘chirish xizmatining o‘z ismini aytmagan xodimi.

Hozircha yong‘in sabablari noma‘lum. Toshkent o‘t o‘chirish xizmati hodisa sabablarini o‘rganayotganini ma‘lum qildi.

22 iyun kuni Farg‘ona shahri markazida ham yong‘in ro‘y berdi. Bu xabarni ham Ozodlikning WhatsApp tarmog‘idagi mushtariylari yuborishdi.

WhatsApp mushtariysi Ozodlikka yubogan rasmda "Aleksandriya" nomli savdo majmuasi to‘la kuyib bitganini ko‘rish mumkin.
WhatsApp mushtariysi Ozodlikka yubogan rasmda "Aleksandriya" nomli savdo majmuasi to‘la kuyib bitganini ko‘rish mumkin.
Ma‘lum bo‘lishicha, “Aleksandriya” restorani, “Doner” kafesi, mebel va optika do‘konlari joylashgan ikki qavatli bino tomi (jami 160 metr kvadrat joy) butunlay kuyib ketgan.

Farg‘ona shahar o‘t o‘chirish inspektsiyasi vakilasi Orzigul Mirzayeva Uzinform agentligiga yong‘indan hech kim jabr ko‘rmaganini, yong‘in sabablari hozirda laboratoriya tomonidan aniqlanayotganini bildirgan.

“Aleksandriya” restorani ofitsiantlaridan biri esa yong‘inga elektr simlaridagi nosozlik sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkinligini aytgan.

Ayni paytda Ozodlikning WhatsApp tarmog‘idagi mushtariylari yong‘inlar havo haroratining isib ketgani bilan bog‘liq bo‘lishi mumkinligini ham e‘tibordan soqit qilmayaptilar.

Mushtariylarimizga ko‘ra, shanba kuni Toshkent va Farg‘ona vodiysida havo harorati 45 darajagacha ko‘tarilgan.

Toshkent o‘t o‘chirish xizmati ma‘lumotlariga ko‘ra, shaharda yiliga mingdan ziyod yong‘in qayd etiladi. Yong‘inlarning aksariyati xazon va chiqindilarni yoqib yuborish natijasida sodir bo‘ladi.

Yilning o‘tgan davrida poytaxtda 300 dan ortiq yong‘in chiqindilarni yoqib yuborish natijasida kelib chiqqan.
XS
SM
MD
LG