Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 01:14

Snouden Ekvadordan boshpana so‘radi


AQSh Markaziy razvedka boshqarmasi va Milliy xavfsizlik agentligi sobiq xodimi Edvard Snouden.
AQSh Markaziy razvedka boshqarmasi va Milliy xavfsizlik agentligi sobiq xodimi Edvard Snouden.
AQSh Milliy xavfsizlik agentligining sobiq xodimi Edvard Snouden Ekvador rasmiylaridan boshpana so‘rab murojaat qildi. Bu haqda Ekvador tashqi ishlar vaziri Rikardo Patinyo yakshanba kuni Vetnamga qilgan tashrifi chog‘ida Tvitter mikroblogi orqali ma‘lum qildi.

Edvard Snouden yakshanba kuni Hong Kongdan Moskvaga uchib kelgandi. Uning 24 iyun kuni Havanaga uchib ketishi aytilayotgandi. Snouden bilan uchrashish uchun Moskvadagi “Sheremet‘evo” aeroportiga AQShning Moskvadagi elchixonasi vakillari yetib kelgan.

Amerikalik senator Chak Shumer CNN telekanaliga AQSh Markaziy razvedka boshqarmasi va Milliy xavfsizlik agentligi sobiq xodimi Edvard Snoudenning Hong Kongdan uchib ketishiga Xitoy rasmiylari aloqador ekanini bildirdi. Demokratik partiya vakili bo‘lgan bu senator Snoudenning AQSh rasmiylaridan yashirilishiga Rossiya prezidenti Vladimir Putinning ham aloqasi bor, deb hisoblaydi.

MRBning sobiq xodimi Edvard Snouden iyun oyi boshida AQSh maxsus xizmatlarining yashirin dasturi xaqidagi ma‘lumotlarni oshkor qilgandi. Qo‘shma Shtatlar uning topshirilishini talab qilmoqda. Agar Snouden AQShga keltiriladigan bo‘lsa, u o‘n yilga ozodlikdan mahrum etilishi mumkin.
XS
SM
MD
LG