Линклар

Yaponiyaning Tokio shahridagi hududiy sud 21 iyun kuni Samsung shirkatini Apple kompaniyasiga tegishli patentlarni buzganlikda aybdor deb topdi.

Janubiy Koreya shirkati iOS operatsion tizimlarida ishlatiladigan "bounce-back" texnologyasiga oid patentni buzganligi aytilmoqda.

Ushbu texnologiya yordamida Apple shirkati apparatlarida elektron hujjat yoki ro'yxatning intihosi belgilanadi.

Samsung huddi shunday texnologiyani o'zi chiqargan "gadjet"larda ishlatib kelgan. Biroq ayni damda shirkat elektron fayllarning intihosini belgilash uchun boshqacha vizual effekt bilan foydalanishi aytilmoqda.

Hozircha sud patent buzlishi oqibatida Apple shirkatiga qay miqdorda zarar yetkazilganini e'lon qilgani yo'q.

Apple'ning iPhone 3G va Samsung'ning Galaxy S smartfonlari.

Apple'ning iPhone 3G va Samsung'ning Galaxy S smartfonlari.

2012 yilning sentabr oyida AQShdagi San-Xose shahar sudi Samsung shirkatini Apple kompaniyasining iPhone va iPad uskunalaridagi texnologiyalarni ko'chirganlikda ayblagan edi.

O'shanda sud koreyalik shirkatning Apple ga 1 milliard AQSh dollari tovon puli to'lashi kerakligi haqida qaror chiqargan.

2013 yilning mart oyida esa ushbu qaror qayta ko'rib chiqilib, tovon puli ikki barobarga qisqartirilgan edi.

Ikkala shirkat o‘rtasidagi patent mojarosi 2011 yilning aprel oyida boshlangan.
Unda Apple Samsung ni qo‘chirmachilikda ayblab, 2,5 milliard dollar tovon puli talab qilgan edi. Samsung esa javob tariqasida 399 millionlik qarshi da‘vo ishi qo‘zg‘agan.
Avvalroq Seul shahri sudi ikkala shirkatni ham bir-biriga tegishli patentlarni buzganlikga aybdor deb topib, ular chiqaradigan texnologiyalarni Janubiy Koreyada qisman ta‘qiqlagan edi.
Apple va Samsung o‘rtasidagi patent mojarosi yana qator davlatlarda davom etmoqda.
XS
SM
MD
LG