Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 12:29

Futbol: Bugun O'zbekiston yoshlari xorvatiyalik tengqurlari bilan bellashadi


Bugun, 26 iyun kuni futbol bo'yicha O'zbekiston yoshlar terma jamoasi Turkiyada o'tayotgan 20 yoshgacha bo'lganlar o'rtasidagi Jahon chempionati guruh bosqichida Xorvatiya yoshlariga qarshi maydonga tushadi.

Ushbu o'yin o'zbekistonlik yosh futbolchilar uchun Jahon chempionatidagi ikkinchi uchrashuvdir.

Guruhdagi dastlabki uchrashuvda Ahmadjon Musayev shogirdlari Yangi Zenlandiya yoshlarini yirik 3:0 hisobida mag'lub etishgan edi.

Ayni damda O'zbekiston yoshlari "F" guruhida 3 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. Ikkinchi o'rinda 3 ochko to'plagan, biroq gollar nisbati bo'yicha ortda bo'lgan Xorvatiya jamoasi turibdi.

Guruhdagi uchinchi va to'rtinchi o'rinlarni mos ravishda Urugvay va Yangi Zenlandiya jamoalari egallagan. Ushbu ikki jamoa o'rtasidagi o'yin ham bugun bo'lib o'tadi.

Agar bugun g'alaba qozonsa, O'zbekiston yoshlar terma jamoasi guruhdan chiqish masalasini deyarli hal qilib qo'yadi.

Xorvatiya-O'zbekiston yoshlar terma jamoalari o'yini Bursa shahrida Toshkent vaqti bilan 23:00 da boshlanadi.
XS
SM
MD
LG