Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 15:51

Orol dengizining qurishi sekinlashdi


Sun‘iy yo‘ldoshdan turib, 1984 va 2012 yilllarda suratga olingan Orol sathi manzarasi.
Sun‘iy yo‘ldoshdan turib, 1984 va 2012 yilllarda suratga olingan Orol sathi manzarasi.
Rossiya Fanlar akademiyasi Okeanologiya instituti direktori o‘rinbosari Pyotr Zavyalovga ko‘ra, bugungi kunda Orol dengizining holati barqarorlashishni boshlab, qurish jarayonlari esa sekinlashmoqda.

O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida joylashgan Orol dengizining bugungi holati dunyodagi eng yomon ekologik halokatlardan biri sifatida baholanadi.

So‘nggi 20 yil badalida Orol dengizi asl hajmining 75 foizini yo‘qotgan.

O‘zbek rasmiylariga ko‘ra, Orol dengizi mumammosi Markaziy Osiyodagi suv va energiya zaxiralaridan oqilona foydalanishga bevosita bog‘liqdir.

O‘zbekistondagi xalqaro "Ekosan" jamg‘armasi ma‘lumotiga ko‘ra, so‘nggi 40 yil mobaynida Orol dengizi deyarli ikki baravar tezlikda qurigan. Bugungi kunda Orol dengizi sathi bundan 40 yil burungidan 29 metr pasaygan. Natijada dengiz atrofidagi hududlarning 60 foizi yaroqsiz holga kelgan va yiliga 75 million tonna tuz Markaziy Osiyoning boshqa hududlariga tarqalmoqda.

Bir paytlari Orol suvining bir litrida 10 gramm miqdorida tuz bo‘lgan bo‘lsa, ayni paytda bir litr Orol suvida 140-150 gramm tuz bor.
XS
SM
MD
LG