Линклар

BMTning Giyohvand moddalar va Jinoyatlarga qarshi boshqarmasiga ko‘ra, Afg‘oniston joriy yilda ham afyun yetishtirish bo‘yicha dunyodagi yetakchi mamlakat nomini saqlab qoldi.

Boshqarmaning chorshanba kuni e‘lon qilingan yillik hisobotida 2012 yilda dunyo bo‘ylab yetishtirilgan giyohvand moddalarning 75 foizi Afg‘onistondan chiqqani aytiladi.

Hisobotga ko‘ra, o‘tgan yili Afg‘onistonda o‘simliklar kasalliklari avj olgani tufayli afyun yetishtirish dunyo bo‘ylab 2011 yilga nisbatan 30 foizga qisqargan.

Ushbu mamlakatdagi afyun dalalari ko‘lami 14 foizga oshganini hisobga olganda bu qisqarish juda katta ekani aytilmoqda.

Hisobotda aytilishicha, Afg‘onistonda giyohvand moddalarni ishlab chiqarishga har yili bir milliondan ziyod kishi jalb etiladi.
XS
SM
MD
LG