Линклар

logo-print
Jahon reytingida 116-o‘rinni egallab turgan ukrainalik tennischi Sergey Staxovskiy nufuzli Uimbldon turnirining ikkinchi bosqichida dunyoning uchinchi raketkasi Rojer Federerni mag‘lub etdi.

Shveytsariyalik tennischi to‘rt set davom etgan uchrashuvda 7:6, 6:7, 5:7, 6:7 hisobida o‘yinni boy berdi.

Rojer Federer 2004 yildan beri ilk bor Katta dubulg‘a turkumiga kiruvchi turnirining chorak finaligacha yetib bormagani aytilmoqda.

31 yoshli Federer 2003 yildan beri Uimbldon turniri finaliga 8 marta chiqib, ularning yettisida g‘alabaga erishgan. U Katta dubulg‘a turkumiga kiruvchi musobaqalarda 17 bor g‘oliblikni qo‘lga kiritgan.

Chorshanba kuni yana bir taniqli tennischi, rossiyalik Mariya Sharapova ham Uimblodnni tark etdi. U musobaqaning ikkinchi bosqichida portugaliyalik Mishel Larisher de Brituga mag‘lub bo‘ldi.
XS
SM
MD
LG