Линклар

Surxondaryo viloyatidagi Kompyuterlash markaziga milliy domen nomlarini ro‘yxatga olish huquqi berildi.

Bu haqda UZINFOCOM kompyuter va axborot texnologiyalarini rivojlantirish markazi ma‘lum qildi.

Markazga ko‘ra, endilikda surxondaryoliklar .UZ hududida domen nomini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun poytaxtdagi markazlarga murojaat etmasliklari mumkin.

Ayni damda O‘zbekistonning milliy domen hududida ro‘yxatga oluvchi 13 ta tashkilot bor. Ularning 7 tasi respublikadagi Kompyuterlash markazlarida joylashgan.

So‘nggi statistik ma‘lumotlarga ko‘ra, .UZ domen hududida 16 600 domen nomi ro‘yxatga olingan.
XS
SM
MD
LG