Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 16:58

Konfederatsiyalar kubogi: Finalda Braziliya va Ispaniya


Braziliyada o‘tayotgan Konfederatsiyalar kubogi finalida mezbon Braziliya va amaldagi Jahon chempioni Ispaniya terma jamoalari to‘qnashadi.

27 iyun kuni o‘tgan yarim final uchrashuvida Ispaniya terma jamoasi Italiya termasini penaltilar seriyasida mag‘lub etdi.

O'yinning asosiy vaqti 0:0 hisobi bilan yakunlandi. Qo'shib berilgan taymlarda esa hisob ochilmadi. Pentaltilar seriyasi esa 7:6 hisobida Ispaniya foydasiga yakunlandi.


Bir kun oldin esa braziliyalik futbolchilar urugvayliklar ustidan 2:1 hisobida g‘alaba qozongan endi.

Final uchrashuvi 30 iyun kuni Rio-de Janeyro shahrida bo‘lib o‘tadi. Shu kuni Italiya va Urugvay Salvador shahrida uchinchi o‘rin uchun bellashishadi.

Konfederatsiyalar kubogi 1992 tashkil etilgan bo‘lib, u Jahon chempionatidan bir yil oldin mezbon mamlakatda o‘tkaziladi.

Kubokda jahondagi har bir futbol konfederatsiyalari g‘oliblari, amaldagi jahon chempioni va kelasi Jahon chempionati mezboni qatnashadi.
XS
SM
MD
LG