Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 15:35

Rossiyadagi mardikorlar O‘zbekiston iqtisodining 12 foizini ko‘tarmoqda


Jahonning nufuzli Fitch Ratings xalqaro reyting kompaniyasi hisob-kitobiga ko‘ra, birgina Rossiyadan o‘zbek muxojirlari yuborayotgan pul jo‘natmalari O‘zbekiston yalpi ichki mahsulotning 12 foizini tashkil etadi.

Fitch Ratings kompaniyasining moliyaviy tashkilotlarni tahlil qilish guruhining ijrochi direktori Jeyms Uotson joriy haftada Toshkentda o‘tkazilgan konferentsiyada qilgan chiqishida ana shunday xulosani berdi.

Toshkent konferentsiyasida O‘zbekistonda makroiqtisodiy vaziyat va bank sektori faoliyati tahlil qilindi.

Jeyms Uotsonning ma‘ruzasi keltirilgan raqamlar yig‘in ishtirokchilarining kizg‘in bahsiga sabab bo‘ldi.

Uning aytishicha, O‘zbekiston banklari xorijdan yuborilayotgan pullardan tushayotgan komissiyalardan mumaygina daromad olmoqda.

“Banklar komissiya to‘lovlari va valyuta operatsiyalaridan olayotgan daromadlari, umumiy daroma hajmining yarimini tashkil etadi. Aytish joizki, bu holat bank sektorining komission daromadlari uchun katta bazadir”, dedi Fitch Ratings shirkati tahlilchisi.

O‘tgan hafta O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov Jizzax viloyatiga qilgan safari davomida Rossiyada ishlayotgan mehnat muxojirlarini “dargasa” deya atab, ularning Moskva ko‘chalarini supurayotganidan "jirkanishini" aytgan edi.

Xabarlarga ko‘ra, Karimovning bu bayonoti mutasaddi idoralar tarafidan O‘zbekistondan mehnat migratsiyasi oqimini cheklash buyrug‘i sifatida qabul qilingan.

Fitch Ratings va boshqa yetakchi iqtisodiy tashkilotlar o‘zbekistonlik mehnat muhojirlari O‘zbekistondagi yaqinlariga yuborayotgan pul mamlakat iqtisodi uchun ham, barqarorligi uchun ham muhim ahamiyatga ega ekanini aytib kelishadi.

Uotson O‘zbekistonda moliya va bank tizimida qator tub muammolar o‘z yechimini topmayotganini ta‘kidladi.

Jumladan, O‘zbekistonda valyuta transaktsiyalari va naqd valyuta operatsiyalari buyicha xaddan tashkari ko‘p cheklovlar mavjud, deya ta‘kidladi xalqaro ekspert.

Fitch Ratings tahlilchisi o‘tgan yildan beri Markaziy Bank 5 ta tijorat bankidan valyuta faoliyati bilan shug‘ullanish huquqini tortib olinganidan taassuf bildirdi.

Janob Uotson mamlakat makroiqsodiy holatiga doir o‘z ixtiyoridagi raqamlar bilan o‘rtoqlashdi.

"O‘zbekistonda 2012 yil yakuni bo‘yicha yalpi ichki mahsulot o‘sishi 8 foizni, inflyatsiya darajasi 12,1 foiz, davlat qarzlari YaIMning 2,7 foizini tashkil etdi. Iqsodiyotning tashqi savdo hamkorlarga bog‘liqlik darajasi yuqori, eksport YaIMning 30 foizini tashkil etib, xususan 3 ta yirik savdo hamkor ulushiga butun eksport hajmining yarmi to‘g‘ri keladi", dedi Uotson.

O‘zbekiston eksport hajmining 29 foizi Rossiyaga, 11 ofizi Xitoyga va 10 foizi Kozog‘istonga to‘g‘ri keladi.
XS
SM
MD
LG