Линклар

“Bunyodkor” student otryadlariga 21 ming yosh jalb qilindi


Talabalar mehnat otryadlari a‘zolari, asosan, qurilishlarda mehnat qilishadi.

Talabalar mehnat otryadlari a‘zolari, asosan, qurilishlarda mehnat qilishadi.

O‘zbekistonda tashkil qilingan 750 ta “Bunyodkor” talabalar mehnat otryadlarida ishlash istagini bildirgan yoshlar soni 21 ming nafardan oshdi.

“Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakatidan olingan ma‘lumotga ko‘ra, mamlakat bo‘ylab qishloq xo‘jaligi, sanoat, qurilish sohalaridagi jami 500 ta ob‘ektda talabalar mehnat otryadlari faoliyat ko‘rsatayapti.

Har yili ta‘til mavsumlarida tashkil qilinadigan talabalar otryadlarida yoshlar qilgan mehnati uchun haq olishi mumkin.

Lekin avvalgi yillarda talabalarning ishlab topgan pulidan ma‘lum foizlari “Kamolot” jamg‘armalari hisobiga o‘tkazilgani yuzasidan Ozodlikka shikoyatlar bo‘lgan.

Talabalarning qurilish otryadlari sovetcha-kommunistcha hodisa bo‘lib, eng birinchi otryad 1958 yili Moskva davlat universitetida tuzilgan edi.

1966 yil, 13 dekabrda Kreml s‘ezdlar saroyida talabalar qurilish otryadlarining birinchi butunittifoq slyoti bo‘lib o‘tgan.

Talaba quruvchilar harakati avjiga chiqqan 1985 yili sobiq ittifoq bo‘ylab 2 million talaba qurilishlarda ishlagan.
XS
SM
MD
LG