Линклар

Шошилинч хабар
08 май 2024, Тошкент вақти: 19:29

Jennifer Lopes Turkmanboshi ziyofatida kuyladi


Jennifer Lopes "Ovoza" majmuasi sahnasida.
Jennifer Lopes "Ovoza" majmuasi sahnasida.
Amerikalik taniqli estrada yulduzi va aktrisa Jennifer Lopes 29 iyun kuni Turkmaniston prezidenti Qurbonquli Berdimuhammedovning tug‘ilgan kuni munosabati bilan uyushtirilgan tantanada kuyladi.

Tantanada Lopes turkman milliy libosida chiqib, 56 yoshga to'lgan Berdimuhamedovga “Tug‘ilgan kuningiz bilan, janob prezident” deya kuyladi.


30 iyun kuni e‘lon qilingan Human Rights Foundation bayonotida Amnesty International tashkilotining Meksika xotin-qizlari huquqlarining himoyachisi bo‘lgan Jennifer Lopesning Turkmanboshi tantanasida ishtirok etgani uning obro‘siga putur yetkazgani aytiladi.

Qurilishiga 2 milliard AQSh dollari sarflangan "Ovoza" majmuasidagi ushbu tadbirga Lopesdan tashqari Rossiya, Turkiya, Livan va Ukrainadan taniqli xonandalar taklif qilingan.

Turkman gazini tashish bilan shug‘ullanuvchi Xitoy Milliy neftgaz korporatsiyasi Jennifer Lopesning Turkmanboshi tug‘ilgan kuniga kelishini tashkillashtirganini ma‘lum qildi.

Shu kuni Berdimuhammayedov 350 kishiga mo‘ljallangan katamaranda dengiz bo‘ylab sayr ham qilgan.

2011 yilda Qrimda neft magnati va millioner o‘zbek A‘zam Aslanov ham Jenifer Lopesga bir million AQSh dollari to‘lab, 33 yoshli o‘g‘li Omonning to‘yiga taklif qilgandi.
XS
SM
MD
LG