Линклар

logo-print

O‘zbek so‘mi 19 yoshda


O‘zbek so‘mi joriy etilganiga 19 yil to‘lishi munosabati bilan shu yil 1 iyulidan 5000 so‘m qiymatidagi kupyura muomalaga kiritilishi kutilmoqda.

O‘zbek so‘mi joriy etilganiga 19 yil to‘lishi munosabati bilan shu yil 1 iyulidan 5000 so‘m qiymatidagi kupyura muomalaga kiritilishi kutilmoqda.

Bugun O‘zbekistonda milliy valyuta – so‘mning muomalaga kiritilganiga 19 yil to‘ldi.

1994 yil 1 iyulidan qo‘llanila boshlagan o‘zbek so‘mi dastlab avvalgi sovet rubli kabi 1, 3, 5, 10, 25, 50 va 100 so‘mlik kupyuralar shaklida chiqarilgan. Shuningdek, o‘sha paytda 1, 3, 5, 10, 20 va 50 tiyin qiymatiga ega bo‘lgan tangalar ham muomalaga kiritilgan.

Oradan qariyb uch yil o‘tgach, 200 so‘mlik kupyuralar paydo bo‘lgan. 2000 yil iyunidan 500 so‘mlik, 2001 yil sentyabridan 1000 so‘mlik kupyuralar muomalaga kiritilgan.

Joriy yil iyulidan esa 5000 so‘mlik kupyuralar muomalaga kiritilishi kutilmoqda.

O‘zbekistonliklarning guvohlik berishlaricha, hozir mamlakatda 1, 3, 5, 10 va 25 so‘mlik qog‘oz pullar va tangalar qariyb muomaladan chiqib ketgan. Muomalada eng kichik pul – 50 so‘mga esa bir quti gururt sotib olish mumkin, xolos.
XS
SM
MD
LG