Линклар

logo-print
Futbol bo'yicha Braziliya terma jamoasi Konfederatsiyalar kubogi g'olibiga aylandi.

30 iyun kuni Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida o'tgan finalda mezbonlar amaldagi Jahon chempioni Ispaniya terma jamoasini yirik 3:0 hisobida mag'lub etdi.

O'yindagi hisob dastlabki daqiqalardayoq ochildi. Uchrashuvning 2-daqiqasida kiritilgan golga Braziliya hujumchisi Fred mualliflik qildi.

Yaqindagina Ispaniyaning "Barselona" klubiga o'tgan Neymar 44-daqiqada hisobni 2:0 ga yetkazdi.

Uchrashuv 47-daqiqasida esa Fred ispaniyalik Iker Kasilyas himoya qilayotgan darvozani yana bir bor ishg'ol etib, dubl muallifiga aylandi.

Shunday qilib, Braziliya terma jamoasi o'z tarixida to'rtinchi bor Konfederatsiyalar kubogi g'olibiga aylandi.

Uchinchi o'rin uchun kechgan bahsda esa Italiya terma jamoasi Urugvay termasini mag'lub etdi. G'olib penaltilar seriyasida aniqlandi.

Konfederatsiyalar kubogi o'yinlari Braziliyada ommaviy norozilik namoyishlari bilan birga o'tdi. Norozilar hukumatni ijtimoiy muammolarga qaraganda sport tadbirlariga ko'proq harajat qilayotganlikda ayblashmoqda.

Konfederatsiyalar kubogi 1992 tashkil etilgan bo‘lib, u Jahon chempionatidan bir yil oldin mezbon mamlakatda o‘tkaziladi.

Kubokda jahondagi har bir futbol konfederatsiyalari g‘oliblari, amaldagi jahon chempioni va kelasi Jahon chempionati mezboni qatnashadi.
XS
SM
MD
LG