Линклар

O'zining iPad va iPhone apparatlari bilan ko'pchilikka yaqindan tanish Apple shirkatining tez orada qo'l soati ishlab chiqarishni boshlashi haqidagi mish-mishlar borgan sari o'z tasdig'ini topmoqda.

Bloomberg agentligi ma'lumotiga ko'ra, "tishlangan olma" shirkati 3 iyun kuni Yaponiya Patentlar byurosiga "iWatch" savdo markasini ro'yxatdan o'tkazish uchun ariza topshirgan ("watch" - ingliz tilidan "qo'l soati").

Biroq hozircha Apple shirkati qo'l soati chiqarmoqchi ekani haqida hech qanday ma'lumot bergani yo'q.

Bir vaqtlar texnologiyalar dunyosidagi eng qimmat shirkat nomini Apple aksiyalari so'nggi yillarga arzonlashib bormoqda.

Kuzatuvchilar buni shirkat tarafidan so'nggi vaqtda keng ommani qiziqtira oladigan apparat ishlab chiqarilmagani va Samsung shirkatining nisbatan arzon smartfonlari rivojlanayotgan mamalakatlarda bozori chaqqonligi bilan izohlashmoqda.

Texnologiyalar dunyosini yorituvchi qator bloglar Apple shirkatining narxi arzonlashtirilgan iPhone smartfonini chiqarishini ham bashorat qilishmoqda.
XS
SM
MD
LG