Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 10:16

Gulistonda ikki kishi o‘limiga sabab bo‘lgan "Kaptiva"ni generalning o‘g‘li boshqargan


Voqea guvohlari ko‘rsatmalari "Kaptiva" mashinasini generalning o‘g‘li Aleksandr Qosimov boshqargani aniqlashga yordam berdi.
Voqea guvohlari ko‘rsatmalari "Kaptiva" mashinasini generalning o‘g‘li Aleksandr Qosimov boshqargani aniqlashga yordam berdi.
Gulistonda ikki odam o‘limiga sabab bo‘lgan avariyaga generalning o‘g‘li sababchi bo‘lgani gumon qilinmoqda. Ma‘lum bo‘lishicha, Aleksandr Qosimov voqea joyidan qochib ketgan, lekin keyinchalik aybiga iqror bo‘lib, tergovchilarga taslim bo‘lgan.

29 iyun kuni tongda Guliston shahri bozori yaqinidagi Sharof Rashidov hamda O‘zbekiston ko‘chalari chorrahasida “Kaptiva” rusumidagi jip mashinasi katta tezlikda kelib, “Jiguli” mashinasiga urilgani natijasida “Jiguli”dagi ikki kishi nobud bo‘lgani, bir kishi og‘ir ahvolda shifoxonaga olib borilgani aytilmoqda.

Ozodlik bilan suhbatlashgan voqea guvohlariga ko‘ra, Sirdaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari pachaqlangan avtomobil kuzovini kesib, jasadlarni chiqarib olgan va o‘t o‘chiruvchilar yo‘ldagi qon izlarini maxsus shlanglar bilan yuvib tozalashgan.

Ozodlikning Ichki ishlar vazirligidagi manbasiga ko‘ra, “Kaptiva” mashinasi haydovchisi voqea joyidan qochib ketgan.

Manbaning aytishicha, oradan bir muddat o‘tgach, 27 yoshli Eldor Hojiboyev ichki ishlar bo‘limiga kelib “Kaptiva” rulida bo‘lganini iddao qilib, baxtsiz hodisa uchun mas‘uliyatni o‘z zimmasiga olgan.

Biroq voqea guvohlari haydovchining oq-sariqdan kelgan, sochi kalta olingan boshqa odam bo‘lganini aytishgandan keyin tergovchilarda gumon paydo bo‘ladi.

Mashinadan barmoq izlari olinadi. Mashina rulida haqiqatan Eldorning bo‘lgan-bo‘lmaganini aniqlash uchun tergovchilar uning kiyimidan mikronamunalar olib qo‘shimcha ekspertizaga yuborishni ham taklif qiladi. Ammo Eldor ekspertizadan bosh tortadi.

Bu orada tergovga Milliy xavfsizlik xizmatining Ichki xavfsizlik boshqarmasi tergovchilari aralashadi va oradan ko‘p o‘tmay, Aleksandr Qosimov ismli fuqaro ichki ishlar bo‘limiga kelib¸ jinoyatni o‘z bo‘yniga oladi.

Ma‘lum bo‘lishicha, 27 yoshli Aleksandr Qosimov O‘zbekistondagi xavfsizlik idoralaridan birida yuqori lavozimni egallaydigan general Qosimovning asrandi o‘g‘lidir.

Ozodlikka ma‘lum bo‘lishicha, Gulistondagi avariya bo‘yicha tergov ishlari harbiy prokuraturaga o‘tkazilgan.

Militsiyaga ko‘ra, “Kaptiva” mashinasi Toshkentning Yunusobod tumanida yashovchi Hojiboyeva Layloga qarashlidir.

Jinoyatni dastlab o‘z bo‘yniga olgan Eldor Hojiboyevga uning qarindoshligi bor-yo‘qligi noma‘lum. Eldorning jinoyatni nima sababdan o‘z bo‘yniga olganligi ham noma‘lum qolmoqda.

Fuqaro Aleksandr Qosimovga nisbatan Sharqiy harbiy okrug harbiy prokuraturasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 266-moddasi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Voqea joyida vafot etganlar shahardagi “Brilliant" kafesining 2 nafar xodimi bo‘lgani aytilmoqda.
XS
SM
MD
LG