Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 04:54

JCh-U20: O'zbekiston Gretsiyaga qarshi maydonga tushadi


Bugun futbol bo'yicha O'zbekiston yoshlar terma jamoasi Turkiyada o'tayotgan Yoshlar o'rtasidagi Jahon chempionatining (U20) nimchorak finali uchrashuvida Gretsiya yoshlari bilan bellashadi.

Turkiyaning Gaziantep shahrida o'tadigan o'yin Toshkent vaqti bilan soat 20:00 da boshlanadi. Unda Ahmadjon Musayev shogirdlari ko'k libosda, gretsiyalik yoshlar esa oq libosda harakat qilishadi.

Dushanba kuni uyushtirilgan o'yinoldi matbuot anjumanida O'zbekiston yoshlar terma jamoasi bosh murabbiyi Ahmadjon Musayev seshanba kungi o'yinda Urugvayga qarshi uchrashuvdagi hisob qaytalanmasligiga ishonishini aytib o'tdi.

- Urugvayga qarshi o‘yinda omadsizlikka uchradik. Biroq keyingi bosqich yo‘llanmasini qo‘lga kiritib ulgurgandik. Albatta, ertaga Urugvayga qarshi uchrashuvdagiga nisbatan yaxshiroq o‘yin ko‘rsatishimizga ishonaman. Biz Gretsiyaga qarshi bahsga tayyormiz. Shubhasiz, bizni seshanba kuni qiziqarli va tomoshabop o‘yin kutib turibdi, - dedi Ahmadjon Musayev.

Eslatamiz, O'zbekiston yoshlari "F" guruhining so'nggi bosqichida Urugvay terma jamoasiga yirik 4:0 hisobida mag'lub bo'lgan edi.

Afsuski O'zbekiston jamoasining asosiy pleymeykeri Jamshid Iskanderov olgan jarohati tufayli bugungi o'yinda maydonga tusha olmaydi.
XS
SM
MD
LG