Линклар

Boyqo‘ng‘irda Rossiya raketasi qulab tushdi


"Proton-M" raketasining qulashi. "Rossiya 24" telekanali saytidan olingan skrinshot.

"Proton-M" raketasining qulashi. "Rossiya 24" telekanali saytidan olingan skrinshot.

Boyqo‘ng‘ir kosmodromidan uchirilgan “Proton-M” raketasi parvozning dastlabki soniyalaridayoq yerga quladi.

Kosmodromdagi halokat 2 iyul kuni Qozog‘iston vaqti bilan ertalabki soat 8.39 da sodir bo‘ldi.

"Glonass" navigatsion tizimi yo‘ldoshlarini koinotga olib chiqishi kerak bo‘lgan raketa yerdan uzilganidan keyin bir necha soniya o‘tgach, o‘z yo‘nalishini yo‘qotib, bo‘laklarga bo‘linib, osmondayoq yona boshladi va yerga tushgach, portlab ketdi.

“Proton-M” raketasi parvozi “Rossiya-24” telekanali orqali bevosita efirga uzatilayotgandi.

Quyida Boyqo‘ng‘irdagi halokat aks etmish lavhani ko‘rishingiz mumkin:
XS
SM
MD
LG