Линклар

Шошилинч хабар
18 апрел 2024, Тошкент вақти: 17:35

JCh-U20: O‘zbekiston chorak finalda Frantsiya bilan bellashadi


Futbol bo‘yicha O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi Turkiyada o‘tayotgan yoshlar o‘rtasidagi Jahon chempionati chorak finalida Fransiya yoshlariga qarshi maydonga tushadi.

Chorak final uchrashuvi 6 iyun kuni Rize shahrida bo‘lib o‘tadi.

2 iyun kuni o‘tgan nimchorak finalda o‘zbekistonlik yoshlar gretsiyalik tengqurlarini 1:3 hisobida mag‘lub etishdi.

Uchrashuvdagi gollarga O‘zbekiston terma jamoasidan Abbosbek Maxstaliyev (26), Igor Sergeyev (62) va Sardor Rahmonovlar mualliflik qilishdi. Gretsiya termasining yagona golini Konstantinos Stafilidis (33) kiritdi.


O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi Fransiya yoshlariga qarshi o‘tadigan chorak final o‘yinida ikki markaziy himoyachisiz o‘ynashga majbur bo‘ladi.

Himoyachilar Sardor Rahmonov va Bobur Yo‘ldoshevlar Gretsiya bilan uchrashuvda olgan ogohlantirishlari tufayli keyingi o‘yinni o‘tkazib yuborishadi.
XS
SM
MD
LG