Линклар

Frantsiya politsiyasi Shveytsariya prokuraturasi so‘roviga ko‘ra, O‘zbekiston fuqarolarini o‘z ichiga oluvchi tergov doirasida Frantsiyada bir nechta uyda tintuv o‘tkazdi. Frantsiyadan olingan xabarga ko‘ra, 18 iyun kuni bu mamlakatning moliyaviy jinoyatlarni tergov qilish boshqarmasi shveytsariyalik hamkorlari bilan, bir paytning o‘zida bir nechta uyda reydlarni uyushtirgan. Tintuv o‘tkazilgan uylar O‘zbekiston prezidentining qizi Gulnora Karimovaga qarashli bo‘lishi mumkin. Shveytsariya prokuraturasi rasmiysi Ozodlik bilan suhbatda bu xabarni tasdiqladi.

Reydlar imi-jimida o‘tkazildi


Frantsiyada o‘zbekistonliklarga aloqador bir nechta uyda tintuv o‘tkazilgani haqida o‘tgan hafta shvetsiyalik jurnalistlarga shaxsini oshkor qilmagan manba xabar qildi.

O‘zbekistonliklarga doir ishda “boshqa mamlakatlarda yangiliklar bor: o‘tgan hafta seshanba kuni, bir paytning o‘zida, bir nechta uyda Frantsiya politsiyasi tomonidan Shveytsariya politsiyasi bilan hamkorlikda reydlar o‘tkazildi. Reydlardan maqsad hujjatlarni qo‘lga kiritish va balki Frantsiya rasmiylari tarafidan ko‘chmas mulkning hibsga olinishi bo‘lgan”, deya yozdi anonim manba.

O‘tgan seshanba kuni deganda, manba 18 iyun kunini nazarda tutayotganini anglash mumkin. Uning yana ikkinchi imeylda yozishicha, “tergov siri bois bu tintuvlar haqida matbuotga xabar berilgani yo‘q. Reydlar moliyaviy jinoyatlarni tergov qilish boshqarmasi tomonidan uyushtirilgan”.

Bu xabarni olgan shvetsiyalik jurnalist, TT agentligi muxbiri Ola Vesterbergning aytishicha, anonim manba shundan keyin aloqaga chiqishni to‘xtatgan.

Ozodlik ixtiyoridagi hujjatlarga ko‘ra, Gulnora Karimovaning Parij va Frantsiya janubidagi mashhur Sen Trope kurort shahrida bir nechta ko‘chmas mulki bor.

Ozodlik ixtiyoridagi hujjatlarga ko‘ra, Gulnora Karimovaning Parij va Frantsiya janubidagi mashhur Sen Trope kurort shahrida bir nechta ko‘chmas mulki bor.

Ikki hafta davomida bu xabarni sir saqlagan Shveytsariya prokuraturasi Ozodlikning qayta-qayta so‘rovlaridan keyin bu ma‘lumotni tasdiqladi.

Shveytsariya Bosh prokuraturasi matbuot vakili Janett Balmer 2 iyul kuni Ozodlik muxbiri bilan mikrofonsiz suhbatda bularni ma‘lum qildi:

“Bizning so‘rovimizga ko‘ra, Frantsiyada mahalliy huquq-tartibot idoralari reyd o‘tkazganini tasdiqlayman. Bu reyd siz qiziqayotgan ish, ya‘ni o‘zbekistonliklarga aloqador tergov doirasida o‘tkazildi. Bu reydga doir boshqa tafsilotlarni ochiqlamayman”, dedi Shveytsariya prokuraturasi rasmiysi Ozodlik radiosiga.

Janett Balmer tintuv o‘tkazilgan uylar kimga tegishli ekani, reyd davomida qanday ashyoviy dilillar qo‘lga kiritilgani, tintilgan ko‘chmas mulk hibsga olinganmi, yo‘qmi, bu savollarning barchasini javobsiz qoldirdi.

Frantsiya politsiyasining moliyaviy jinoyatlar boshqarmasi ham mazkur ish Shveytsariya tomonidan tergov qilinayotgani vajidan Ozodlikning savollariga javob qaytarmadi.

Reyd qilingan uylar kimga qarashli?


Ayni paytda, Shveytsariya prokuraturasi rasmiysi o‘zi ishlaydigan idora tergov qilayotgan ishda O‘zbekistonning to‘rt fuqarosi hamon gumonlanuvchi sifatida o‘tayotganini qo‘shimcha qildi.

O‘tgan yilning iyul oyida Jenevaning Lombard Odier bankida O‘zbekistonning ikki fuqarosi katta miqdordagi pul yuvish jinoyatiga aloqadorlikda gumonlanib hibsga olingan edi.

Coca-Cola-Uzbekistan shirkati xodimlari bo‘lgan Alisher Ergashev va Shoxrux Sobirovlar, ishonchli ma‘lumotlarga ko‘ra, O‘zbekiston prezidentining qizi Gulnora Karimovaga yaqin shaxslardir.

Bu ikkovlon oktyabr oyida garov evaziga qo‘yib yuborilgan edi. Lekin ular Lombard Odier bankida dahl qilmoqchi bo‘lgan hisob raqamlari hisbga olingan. Bu ish doirasida Shveytsariyaning bir nechta bankida jami 640 million AQSh dollariga teng aktivlar, jumladan depozit qutichalarda katta miqdorda naqd valyuta va brilliantlar hibsga olingan.

Shveytsariya prokuraturasi tergov qilayotgan jinoyat ishida MTS shirkatining sobiq bosh direktori Behzod Ahmedov va Gulnora Karimovaning xos yordamchisi Gayane Avakyan ham gumonlanuvchi sifatida o‘tmoqda.

Shveytsariya prokuraturasi rasmiysi Frantsiyadagi reydlar kimning uyida o‘tkazilganini ochiqlamagan bo‘lsa-da, Parijda Alisher Ergashev bosh ijrochi direktor bo‘lgan firmalarga doir ko‘chmas mulk borligi ma‘lum. Bu firmalarning asosiy haqdori Gulnora Karimova ekani Frantsiya shirkatlar reyestridan olingan hujjatlar bilan tasdiqlangan.

Invest Studio va Invest Service Group firmalariga oid hujjatlar ostida Gulnora Karimova va Alisher Ergashevning imzolari yonma-yon turganini ko‘rish mumkin.

Invest Studio va Invest Service Group firmalariga oid hujjatlar ostida Gulnora Karimova va Alisher Ergashevning imzolari yonma-yon turganini ko‘rish mumkin.

Invest Studio va Invest Service Group firmalariga oid hujjatlar ostida Gulnora Karimova va Alisher Ergashevning imzolari yonma-yon turganini ko‘rish mumkin.

95 foizi Gulnora Karimovaga qarashli bu firmalar nomiga rasmiylashtirilgan uylarning biri G‘arbiy Parijning eng hashamatli tumanlaridan birida joylashgan.

Ozodlik o‘tkazgan surishtiruv natijalariga ko‘ra, 1 Avenue du Marechat Manoury ko‘chasidagi uyning bahosi 9 million yevrodan 15 million yevrogacha bo‘lishi mumkin.

Ozodlik ixtiyoridagi hujjatlarga ko‘ra, Gulnora Karimovaning Parij va Frantsiya janubidagi mashhur Sen Trope kurort shahrida bir nechta ko‘chmas mulki bor. Shuningdek, bu hujjatlarga ko‘ra, Gulnora Karimovaning jazmani, ba‘zi manbalarga ko‘ra, eri ekani aytiladigan sobiq pop-qo‘shiqchi Rustam Madumarov nomiga Parij yaqinidagi Versalь shaharchasida qasr rasmiylashtirilgan.

Bu hujjatlarga ko‘ra, Frantsiya va boshqa mamlakatlarda olingan jami 13ta ko‘chmas mulkni ta‘minlashga yarim yilda yarim million dollardan ortiq xarajat qilinadi.

Shvetsiyaning TT agentligi muxbiri Ola Vesterbergning o‘z manbalariga tayanib, aytishicha, 18 iyun kungi tintuvlar Parij va Sen Tropeda o‘tkazilgan bo‘lishi mumkin.

Shveytsariyadan tashqari, Shvetsiya prokuraturasi tergov qilayotgan jinoyat ishida ham Alisher Ergashev, Gayane Avakyan va Behzod Ahmedovlar gumonlanuvchi sifatida o‘tmoqda.

O‘tgan oy boshida esa Shvetsiyaning TeliaSonera telekom shirkati O‘zbekistonga kirish uchun Gulnora Karimovaga yaqin shaxslarga jami 320 million AQSh dollari miqdorida pora berganiga oid jinoiy ishda to‘rtinchi gumonlanuvchi paydo bo‘ldi.

Ozodlik va Shvetsiya jamoatchilik televideniyesi o‘tkazgan jurnalistik surishtiruv ortidan prokuratura Stokholm sudiga kiritgan arizadan to‘rtinchi gumonlanuvchi Gulnora Karimova ekanini anglash mumkin.
XS
SM
MD
LG