Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 12:22

Lola Karimova AQShdagi eng qimmat qasrni sotib oldi


Lola Karimovaning qasrida sakkizta yotoqxona, o‘nta vannaxona, kinoteatr, gallereya, ball uyushtiradigan zal, bir nechta hovuz, o‘ndan ortiq mashina sig‘adigan yer osti garaji bor.
Lola Karimovaning qasrida sakkizta yotoqxona, o‘nta vannaxona, kinoteatr, gallereya, ball uyushtiradigan zal, bir nechta hovuz, o‘ndan ortiq mashina sig‘adigan yer osti garaji bor.
O‘zbekiston prezidentining kenja qizi Lola Karimova-Tillayeva Los Anjelesning eng hashamatli Bel Eyr mahallasidan rekord narx – 58 million AQSh dollariga qasr sotib oldi. Umumiy maydoni 48 ming kvadrat metrga teng qasrning yangi egasi Lola va opasi Gulnora boshqa mamlakatlarda ham ko‘p million dollarlik ko‘chmas mulk egalari ekani ma‘lum.

AQShda chiqadigan Forbes va Business Insider nashrlarining yozishicha, Le Palais deb nomlanuvchi qasr Amerika ko‘chmas mulk bozoridagi eng qimmat uylardan biridir va o‘tgan yili 58 million AQSh dollariga baholangan. Uning umumiy maydoni 48 ming kvadrat metr ekani aytilmoqda.

Business Insider nashri “O‘zbek diktatorining qizi Bel Eyrdagi qasrni aql bovar qilmaydigan narxga sotib oldi”, deya yozdi.

Le Palais deb nomlanuvchi qasr Amerika ko‘chmas mulk bozoridagi eng qimmat uylardan biridir. O‘tgan yili 58 million AQSh dollariga baholangan qasrning umumiy maydoni 48 ming kvadrat metrga teng.
Le Palais deb nomlanuvchi qasr Amerika ko‘chmas mulk bozoridagi eng qimmat uylardan biridir. O‘tgan yili 58 million AQSh dollariga baholangan qasrning umumiy maydoni 48 ming kvadrat metrga teng.
Los Anjelesning badavlat kishilargina turadigan Beverli Hillz mavzeidagi Bel Eyr mahallasida joylashgan qasrda sakkizta yotoqxona, o‘nta vannaxona, kinoteatr, gallereya, ball uyushtiradigan zal, bir nechta hovuz, o‘ndan ortiq mashina sig‘adigan yer osti garaji bor.

Forbes jurnalining yozishicha, Lola Karimova eri Temur Tillayev bilan o‘tgan yili bu qasrni taniqli ko‘chmas mulk magnati Bryus Makovskidan oyiga 100 ming AQSh dollari to‘lab, ijaraga olishgan.

Amerika ko‘chmas mul bozoridagi eng qimmat qasrning yangi egasi Lola Karimova-Tillayevaning Jenevada ham hashamatli hovlisi bor. 2010 yilda Jeneva ko‘li sohilida u 41 million AQSh dollariga qasr sotib olgan.

O‘zbekistonning YuNESKOdagi elchisi, vatanida o‘zini homiy va saxovatpesha, deb taqdim qiluvchi Lola va opasi Gulnora mamlakat tashqarisida hashamga berilgani, glamur dunyosi kunda-shundalari sifatida tanilgan.

O‘zbekiston prezidentining to‘ng‘ich qizi Gulnora Karimovaning ham Shveytsariya, Frantsiya, Ispaniya, Hong Kong va boshqa mamlakatlarda ko‘p million dollarlik ko‘chmas mulki borligi aytiladi.

Ozodlik ixtiyoridagi hujjatlarga ko‘ra, Gulnora Karimovaning Parij va Frantsiya janubidagi mashhur Sen Trope kurort shahrida bir nechta ko‘chmas mulki bor. Shuningdek, bu hujjatlarga ko‘ra, Gulnora Karimovaning jazmani, ba‘zi manbalarga ko‘ra, eri ekani aytiladigan sobiq pop-qo‘shiqchi Rustam Madumarov nomiga Parij yaqinidagi Versalь shaharchasida qasr rasmiylashtirilgan.

Bu hujjatlarga ko‘ra, Frantsiya va boshqa mamlakatlarda olingan jami 13ta ko‘chmas mulkni ta‘minlashga yarim yilda yarim million dollardan ortiq xarajat qilinadi.

Gulnora Karimova Shvetsiya va Shveytsariyada tergov qilinayotgan katta miqdordagi poraxo‘rlik va pul yuvish jinoyatlariga ham aloqador, deb ko‘rilmoqda.

Seshanba kuni Frantsiya politsiyasi Shveytsariya prokuraturasi so‘roviga ko‘ra, Frantsiyada 18 iyun kuni Gulnora Karimovaga tegishli, deb iddao qilinayotgan uylarda tintuv o‘tkazgani ma‘lum bo‘ldi.
XS
SM
MD
LG