Линклар

Chechen ayirmachi guruhi yetakchisi Doku Umarov Sochidagi olimpiya inshootlariga qarshi hujumlar bilan po‘psa qilmoqda.

Internetda e‘lon qilgan videomurojaatida Umarov o‘z tarafdorlarini Olimpiyada o‘yinlarini o‘tkazilishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun harakat qilishga chaqirdi.

2014 yilgi Qishki Olimpiyada o‘yinlari Rossiyaning Sochi shahrida bo‘lib o‘tadi.

Doku Umarov 2010 yilda Moskva metrosidagi 40 odam o‘limiga sabab bo‘lgan portlashlarga mas‘ul ekanini aytgan.

Shuningdek, 2011 yilda Domodedovo aeroportida 37 kishi halok bo‘lgan portlashlar ortida ham Umarov guruhlari turgani aytilgan.

Doku Umarov Rossiya, AQSh hamda BMT tarafidan qidirilayotgan xalqaro terrorchilarning biridir. Tahminlarga ko‘ra, u Kavkaz tog‘larida yashringan.
XS
SM
MD
LG