Линклар

Шошилинч хабар
18 апрел 2024, Тошкент вақти: 15:57

Tanishing: Turkmaniston vorisi?


Turkmaniston prezidenti Qurbonquli Berdimuhammedov oilasi haqida na mahalliy va na xalqaro jamoatchilikka deyarli hech narsa ma‘lum emas. Uning davlat va jamoat tadbirlarida rafiqasi bilan qatnashganini birov ko‘rgan emas. Ammo keyingi bir yil davomida turkmanboshi yonida tez-tez ko‘rina boshlagan oila a‘zosi – uning nabirasi Kerimguli jamoatchilik nazariga tushmoqda.

12 yoshlar chamasidagi Kerimguli bobosi Qurbonqulining kuni-kecha Turkmanistondagi eng muhim davlat tadbiri sifatida nishonlangan tug‘ilgan kunida Jenifer Lopez bilan yonma-yon sahnaga chiqdi; turkman bolalari o‘rtasida o‘tkazilgan ot va qo‘shiq poygasida diqqat-markaziga tushdi.

Ayni paytda¸ bu o‘smir aksar davlat tadbirlarida bobosi qo‘lidan ushlagan holda ko‘rinish bermoqda.

Shu kunlarda turkman ommaviy axborot vositalari Kerimguliga qariyb bobosi qadar ahamiyat qaratmoqda¸ uning ko‘p qirrali iste‘dodini ko‘z-ko‘z qilmoqda.

Birinchi marotaba turkmanboshining sevimli nabirasi 2012 yil fevralida bobosi bilan qo‘l ushlashgan holda saylov uchastkasida ko‘rinish berdi.

Shundan beri u jamoat va davlat tadbirlarining kunda-shundasiga aylandi.

29 iyun kuni Qurbonquli Berdimuhammedovning 56 yillik tavallud kuni Kaspiy bo‘yidagi Avaza kurortida o‘ta hashamatli bir tarzda nishonlangan kunda Kerimguli dunyoning turli burchagidan keltirilgan estrada yulduzlari davrasida bobosiga hadya o‘laroq sahnaga chiqib pianino chaldi.

Туркманистон президенти невараси Каримгули
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:01:09 0:00
Бевосита линк

Turkman milliy libosi kiygan turkmanboshi nabirasi Kerimguli Berdimuhammedov deya taqdim etildi va sahnani to‘ldirgan qo‘shiqchi va musiqachilar jo‘rligida o‘z bobosiga hamdu sano kuyladi.

Berdimuhammedov oilasiga oid ma‘lumot davlat siri kabi qo‘riqlanayotgan Turkmanistonda mahalliy telekanallar yulduziga aylanganiga qaramay¸ hozircha na Kerimguli va na uning ota-onasi haqida tayinli ma‘lumot yo‘q.

Туркманистон Президенти Қурбонгули Бердимуҳаммедов 56 ёшини дабдабали нишонлади
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:01:17 0:00
Бевосита линк


Turkmanistondagi AQSh elchixonasi 2009 yil dekabrida Vashingtonga yuborgan kablogrammada yozilishicha¸ Berdimuhammedovning ikki qizi va bir o‘g‘li bor.

Berdimuhammedovning Sardor ismli yagona o‘g‘li¸ yozilishicha¸ Moskvada xalqaro munosabatlar sohasida o‘qigan va o‘tgan yili Turkmaniston Tashqi ishlar vazirligida ishlagan.

Turkmanboshining to‘ng‘ich qizi Guljahon Yazgeldi Amanov degan yigitga turmushga chiqqan va uning eri hozirda Turkmaniston uglevodorod zahiralaridan foydalanish va boshqarish agentligining Londonda joylashgan Yevropa idorasida ishlaydi.

AQSh elchixonasi yozishmalarida qayd etilishicha¸ Guljahonning 8 va 4 yoshli o‘g‘il va qizi bor.

Berdimuhammedovning ikkinchi qizi¸ yozilishicha¸ 2009 yildan beri Parijda yashaydi va uning turmush o‘rtog‘i Turkmanistonning Frantsiyadagi elchixonasi diplomatidir.

AQSh elchixonasi yozishmalarida Berdimuhammedovning Marina ismli o‘ynashi borligi ham aytiladi. Unga ko‘ra¸ Marina Berdimuhammedov tish doktori bo‘lib ishlagan paytda uning hamshirasi bo‘lgan va bu rus ayolining hozirgi prezidentdan bo‘lgan 17 yoshlar chamasidagi qizi ham borligi aytiladi.
XS
SM
MD
LG