Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 17:37

AQSh elchisi: O‘zbekistonda baza tashkil qilish istagimiz yo‘q


AQShning O‘zbekistondagi elchisi Jorj Kroll
AQShning O‘zbekistondagi elchisi Jorj Kroll
AQShning Toshkentdagi elchisi Jorj Kroll o‘z mamlakati O‘zbekistonda harbiy baza tashkil qilish istagida emasligini bayon qildi.

CA-News agentligiga bergan intervyusida elchi Kroll AQShning Markaziy Osiyoda o‘z manfaatlari borligini e‘tirof etgan holda bu mintaqada Rossiya bilan AQSh o‘rtasida ta‘sir doirasi uchun kurash borayotganiga oid fikrlarni rad etdi.

“O‘zbekistonning Rossiya bilan ham, AQSh bilan ham yaxshi aloqalari bor. Men bu yerda kurash ketayotgani, Amerika o‘z bazasiga ega bo‘lmoqchi, degan fikrlarni qo‘llab-quvvatlamayman. Bilasiz, bu yerda avval bazamiz bo‘lgan, endi bu yerda baza tashkil qilishni istamaymiz”, deya ta‘kidladi Kroll.

AQSh qo‘shinlari Afg‘onistondan olib chiqilganidan keyin qurol-aslaxalar O‘zbekistonga berilishi borasidagi savolga javob berar ekan, elchi Kroll bu masala ham hozircha ochiq qolmoqda, deya bildirdi.

Uning aytishicha, AQSh orqtiqcha harbiy texnikani ba‘zi mamlakatlarga berishi mumkin, lekin qaysi mamlakatga va qanday texkniani qoldirish masalasi hozircha hal bo‘lgani yo‘q.

AQSh o‘z qo‘shinlarini 2014 yil oxiriga qadar Afg‘onistondan olib chiqishda O‘zbekiston hududidan tranzit sifatida foydalanish evaziga harbiy uskunalarning bir qismini bu mamlakatga qoldirishi mumkinligini ma‘lum qilgan.
XS
SM
MD
LG