Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 03:28

O‘zbekiston FIFA reytingida o‘tgan oygi o‘rnini saqlab qoldi


Xalqaro futbol uyushmalari federatsiyasi - FIFA e‘lon qilgan milliy terma jamoalarning iyul oygi jahon reytingida O‘zbekiston o‘tgan oygi 58-o‘rnini saqlab qoldi.

Osiyo mamlakatlari reytingida esa O‘zbekiston bir pog‘ona pastladi va ayni damda beshinchi o‘rinni egallab turibdi.

To‘rtinchi o‘ringa iyun oyida Jahon chempionatiga yo‘llanmani qo‘lga kiritgan Eron terma jamoasi ko‘tarildi.

Qit‘ada peshqadamlikni mahkam ushlab kelayotgan Yaponiya bu safar ham Osiyoning birinchisi bo‘ldi. Ikkinchi o‘rinni Avstraliya, uchinchi o‘rinni esa Janubiy Koreya egallagan.

FIFAning jahon reytingi birinchi uchtaligiga Ispaniya, Germaniya va Kolumbiya terma jamoalari kirdi.

O‘zbekistonning FIFA reytinggida egallagan eng yuqori pog‘onasi 2006 yil noyabr oyiga to‘g‘ri keladi. Unda terma jamoamiz jahon reytingida 45-o‘rinni olgan edi.

FIFA reytingi har oyda yangilanib turiladi.

Eslatamiz, O'zbekiston terma jamoasi JCh-2014 saralash o'yinlarining so'nggi guruh bosqichida "A" guruhida uchinchi o'rinni egallagab, pley-off bahslariga chiqqan edi.

O‘zbekistonlik futbolchilar pley-offda "B" guruhida 3 o‘rinni qo‘lga kiritgan Iordaniya terma jamoasi bilan bellashadi.

Osiyo pley-off o‘yinlari 6 va 10 sentyabr kunlari bo‘lib o‘tadi. O‘tgan yili tashlangan qur‘aga ko‘ra, dastlabki o‘yin "B" guruhi vakili maydonida bo‘lib o‘tadi.

Agar O‘zbekiston terma jamoasi pley-offda ikki o‘yin natijasiga ko‘ra g‘olib chiqsa, u holda Janubiy Amerika saralash guruhida 5-o‘rinni qo‘lga kiritgan jamoa bilan o‘yin o‘tkazish imkoniga ega bo‘ladi.

Janubiy amerikalik jamoaga qarshi bahslar 15 va 19 noyabr kunlari bo‘lib o‘tadi. Dastlabki o‘yin Osiyo qit‘asida bo‘lsa, javob o‘yini Janubiy Amerikada o‘tkaziladi.

Agar, u o‘yinda ham g‘alaba qozonsa, u holda O‘zbekiston terma jamoasi Jahon chempionatiga yo‘llanmani qo‘lga kiritishi mumkin.
XS
SM
MD
LG