Линклар

Foreign Policy nashri O‘zbekistonni “Mamlakatlarning layoqatsizligi indeksi-2013” (Failed States Index 2013) yillik reyting bo‘yicha 44- o‘ringa qo‘ydi.

Amerika Tinchlik Fondi (The Fund for Peace) tahlilchilari hamkorligida tuzilgan ushbu reytingga ko‘ra, O‘zbekiston Markaziy Osiyo davlatlari orasida eng layoqatsiz, deb topilgan.

Ushbu mintaqadagi davlatlar orasida Qirg‘iziston 48-o‘rin, Tojikiston 51-o‘rindan joy olgan. Turkmaniston bilan Belorusga esa 81-o‘rin berilgan.

MDH davlatlari orasida Qozog‘iston (109-o‘rin) va Rossiya (80-o‘rin) nisbatan barqaror mamlakat sifatida baholangan.

Somali, Kongo va Sudan vaziyat o‘ta yomon bo‘lgan davlatlar, Norvegiya, Shvetsiya va Finlandiya esa vaziyat eng yaxshi davlatlar, deb topilgan.

2005 yildan buyon e‘lon qilinayotgan ushbu reytingda davlat idoralarining mamlakat hududiy yaxlitligi, demografik, siyosiy va iqtisodiy vaziyatni nazorat qilish qobiliyatiga baho beriladi.
XS
SM
MD
LG