Линклар

logo-print
Novosibirskda to‘rt nafar O‘zbekiston fuqarosi o‘z hamyurtini garov evaziga o‘g‘irlab, pul talab qilganlik aybi bilan ushlandi.

Novosibirsk militsiya boshqarmasi ma‘lumotiga ko‘ra, 19 yoshdan 29 yoshgacha bo‘lgan to‘rt o‘zbekistonlik 19 yoshli o‘z hamyurtini pichoq o‘qtalib, zo‘rlik bilan Daewoo Nexia mashinasiga bosib, o‘g‘irlab ketgan.

Keyin esa o‘g‘irlangan yigitning yaqinlaridan 20 ming rubl pul talab qilishgan. Uyushgan guruh a‘zolari pulni olayotgan payti militsiya xodimlari tomonidan qo‘lga olingan.
XS
SM
MD
LG