Линклар

logo-print
Turkiyada o'tayotgan yoshlar o'rtasidagi Jahon chempionatini chrorak finalda tark etgan futbol bo'yicha O'zbekiston yoshlar terma jamoasi (U20) yakshanba kuni tunda Toshkentga qaytib keldi.

Bu haqda O'zbekiston futbol federatsiyasi ma'lum qildi.

Federatsiyaga ko'ra, yosh futbolchilar Toshkent aeroportida yaqinlari va bir guruh muhlislar tarafidan kutib olingan.

Eslatamiz, murabbiy Ahmadjon Musayev shogirdlari Turkiyadagi yoshlar mundialining chorak finaligacha yetib borib, unda Fransiya yoshlariga 4:0 hisobida mag'lub bo'lishgan edi.

O'z tarixida uchinchi bor 20 yoshgacha bo'lgan yoshlar Jahon chempionatida ishtirok etgan O'zbekiston yoshlar terma jamoasi bu safar musobaqaning kuchli sakkizligiga kirib, shu yosh toifasidagi o'z tarixida eng yaxshi natijani ko'rsatdi.

O'zbekistonlik yoshlar 2003 va 2009 yillarda ham U20 Jahon chempionatida ishtirok etishgan, biroq guruh bosqichidan pley-off o'yinlariga chiqa olishmagan.

Eslatamiz, ayni damda Turkiyada o'tayotgan yoshlar mundialida o'zbekistonlik yoshlar "F" guruhida Yangi Zenlandiya, Xorvatiya va Urugvay terma jamoalari bilan bellashdi.

4 ochko bilan guruhda uchinchi o'rinni egallagan o'zbek yoshlari nimchorak bosqichida gretsiyalik tengqurlarini 3:1 hisobida mag'lub etishdi.

Chorak final bahsida esa Ahmadjon Musayev shogirdlari Fransiya yoshlariga 4:0 hisobida ma'lub bo'lishdi.

XS
SM
MD
LG