Линклар

Misrda sobiq prezident tarafdorlari o‘qqa tutilishi oqibatida 40 kishi halok bo‘ldi


Mursiyning tarafdorlari dushanba kuni ro‘y bergan hodisa uchun harbiylarni ayblamoqda.

Mursiyning tarafdorlari dushanba kuni ro‘y bergan hodisa uchun harbiylarni ayblamoqda.

Misr Sog‘liqni saqlash vazirligi hokimiyatdan chetlatilgan prezident Muhammad Mursiyning tarafdorlari o‘qqa tutilishi oqibatida kamida 40 kishi halok bo‘lganini ma‘lum qildi.

Mursiyning tarafdorlari dushanba kuni ro‘y bergan hodisa uchun harbiylarni ayblamoqda. Misr armiyasi vakillari olomonga qarata “qurollangan terrorchilar” o‘t ochganini aytmoqda.

Namoyishchilar sobiq prezident Mursiy hibsda saqlanayotgani aytilgan Respublika gvardiyasi binosi oldida o‘tirgan holda norozilik bildirayotgan bo‘lgan.

DPA agentligining xabar qilishicha, harbiylar bino ichiga bostirib kirishga uringan 200ga yaqin qurollangan shaxsni qo‘lga olgan.

Dushanba kungi hujum prezident Mursiy, Misr bo‘ylab o‘tkazilgan norozilik namoyishlari natijasida va harbiylar yordamida hokimiyatdan chetlatishishidan besh kun o‘tib ro‘y berdi.

Dushanba kungi hodisadan keyin Mursiyning hokimiyatdan chetlatilishini qo‘llab-quvvatlagan salafiylarga doir Nur patiyasi yangi hukumatni tuzish bo‘yicha muzokaralardan chiqishini e‘lon qildi.
XS
SM
MD
LG