Линклар

Tatariston poytaxti Qozon shahrida o'tayotgan XXVII Butunjahon yozgi Universiadasida O'zbekiston jamoasi dastlabki kumush medalni qo'lga kiritdi.

O'zbekistonlik dzyudochi Yahyo Imomov 8 iyun kuni 81 kilogrammgacha bo'lgan vazn toifasidagi bellashuvlarning oltin medal uchun o'tgan uchrashuvida yaponiyalik Takanori Nagasega kurashni boy berdi.

Ushbu vazn toifasida dunyoning turli chetidan kelgan 35 dzyudochi kurashgani aytilmoqda.

Finalgacha bo'lgan bellashuvlarda Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universitet talabasi Imomov mongliyalik Batzorig Tumurxuyag, xitoylik Xayuan Gao, fransiyalik Gilyeme Rio va vengriyalik Lazlo Ksoknyallarni mag'lub etdi.

Bugun, 9 iyul kuni yana ikki o'zbekistonlik dzyudochi - Rishod Sobirov (66 kg) va Mirali Sharipovlar (73 kg) tatamiga chiqishi kutilmoqda.

Eslatamiz, 26 yoshli Rishod Sobirov ikki karra dunyo chempioni va ikki karra Olimpiada kumush medali sohibidir.

Universiadada 71 spotchi bilan qatnashayotgan O'zbekiston jamoasi ayni damda 1 kumush va 4 bronza bilan jamoaviy hisobda 27-o'rinni egallab turubdi.
XS
SM
MD
LG