Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 14:37

Bu yili Yevropaning eng yaxshi futbolchisi kim bo'ladi?


Yevropa Futbol Federatsiyasi - UYeFA o'z saytida 2012-2013 yilgi futbol mavsumining eng yaxshi futbolchisi bo'lishi mumkin bo'lgan futbolchilar ro'yxatini e'lon qildi.

6 klubdan 10 ta futbolchi o'rin olgan ushbu ro'yxat an'anaviy tarzda UYeFA ga a'zo mamlakatlardan bo'lgan sport jurnalistlari orasida o'tkazilgan so'rov natijasida tuzilgani aytilmoqda.

Joriy yilgi ro'yxat quyudagi ko'rinishga ega:

Garet Beyl – “Tottenxem”
Robin van Persi – “Manchester Yunayted”
Krishtianu Ronaldu – “Real”
Lionel Messi – “Barselona”
Zlatan Ibrahimovich – “PSJ”
Arьen Robben – “Bavariya”
Frank Riberi – “Bavariya”
Tomas Myuller – “Bavariya”
Bastian Shvaynshtayger – “Bavariya”
Robert Levandovski – “Borussiya” (Dortmund)

Ayni damda ovoz berish jarayonining ikkinchi bosqichi davom etmoqda. 6 iyun kuni eng ko'p ovoz olgan uch futbolchi nomi e'lon qilinadi. G'olib nomi esa 29 avgust kuni Yevropa chempionlar ligasiga qur'a tashlash marosimi kuni aniqlanadi.

Yevropaning eng yaxshi o'yinchisiga beriluvchi mukofot 2011 yilda ta'sis qilingan. Uning ilk sovrindori "Barsa" hujumchisi Lionel Messi bo'lgan edi. 2012 yilda esa ushbu mukofotga uning jamoadoshi Andres Inyesta sazovor bo'lgan.
XS
SM
MD
LG