Линклар

O‘zbekistonlik kurashchi Zaylobiddin Ortiqov 9 iyul kuni Qozon shahrida o‘tayotgan XXVII Butunjahon yozgi Universiadasida O‘zbekiston jamoasi uchun ikkinchi kumush medalni qo‘lga kiritdi.

Klassik usuldagi belbog‘li kurash bo‘yicha 80 kilogrammgacha bo‘lgan vazn toifasida bellashgan Ortiqov yarim finalda latviyalik sportchi Yanis Reyrixsni 4:0 hisobida mag‘lub etdi.

Oltin medal uchun o‘tgan kurashda esa o‘zbekistonlik kurashchi rossiyalik Elnar Galiyevga 4:0 hisobida yengildi.

Eslatamiz, 23 yoshli Zaylobiddin Ortiqov 7 iyul kuni Universaidaning erkin turdagi belbog‘li kurash bellashuvlarida (75 kg) bronza medaliga sazovor bo‘lgan edi.

Universiadada 71 sportchi bilan qatnashayotgan O‘zbekiston jamoasi ayni damda 2 kumush va 4 bronza bilan jamoaviy hisobda 28 o‘rinni egallab turibdi.
XS
SM
MD
LG