Линклар

Apple shirkatining 1976 yilda ishlab chiqarilgan yana bir "Apple 1" kompyuteri Angliya poytaxti London shahrida o'tkazilgan kimoshdi savdosida 387 ming dollarga sotildi.

Kristis kimoshdi savdo uyida sotilgan kompyuterning yangi egasi o'z isimini oshkor etmaslikni iltimos qilgan.

Stiv Jobs asos solgan "tishlangan olma" ishlab chiqargan ilk kompyuterlar yildan yilga qimmatlab bormoqda. Solishtiradigan bo'lsak, 2010 yilda Londonda o'tkazilgan kimoshdi savdosida "Apple 1" 165 ming yevroga sotilgan edi. 2012 yilning iyun oyida Nyu Yorkda o'tkazilgan savdoda 46 yoshli kompyuter 290 ming yevroga sotildi.

Shu yilning may oyida Germaniyada kimoshdi savdosiga qo'yilgan "Apple 1" kompyuter rekord narxda - 671 ming dollarga sotilgan edi.
"Apple 1" kompyuterining qimmatligiga asosiy sabablardan biri uning atigi 200 donada ishlab chiqilganidir.
Ilk bor 1976 yillda ishlab chiqarilgan “Apple 1” kompyuteri Kaliforniya shtatining Palo Alto shahridagi “Byte Shop” elektronika do‘konlarida 666 dollar 66 sentdan sotilgan.
Hozirda Apple shirkatining ilk kompyuterlaridan atigi 43 donasi saqlanib qolgani aytilmoqda. Ulardan oltitasi hali ham ishlay oladi.
XS
SM
MD
LG