Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 15:09

Johar Tsarnayev ayblovlarni inkor etdi


Joriy yilning 15 aprelida AQShning Boston shahrida uyushtirilgan portlashlarda ayblanayotgan 19 yoshli Johar Tsarnayev aybdor emasligini aytdi.

Chechen millatiga mansub Tsarnayevga 30 banddan iborat ayblov qo‘yilgan. Ular orasida odamlarning o‘limiga olib kelgan ommaviy qirg‘in qurolini qo‘llaganlik bandi ham bor.

Chorshanba kuni o‘tgan va 7 daqiqa davom etgan sud mahkamasida Johar Tsarnayev o‘ziga qo‘yilgan barcha ayblovlarni inokor etdi.

15 aprelda Boston shahridagi marafonda amalga oshirilgan ikki portlashda uch kishi halok bo‘lgan, 260 kishi jarohat olgan edi.

Terror hujumining asosiy tashkilotchisi Joharning akasi, 26 yashar Tamerlan Tsarnayev bo‘lgani aytilmoqda. U 19 aprel kuni politsiya xodimlari bilan sodir bo‘lgan otishmada halok bo‘lgan.

Qo‘lga olish paytida og‘ir yaralangan Johar Tsarnayev Boston shahri qamoqxonasining tibbiy markazida davolandi.

Agar aybdor deb topilsa, 19 yoshli Tsarnayev o‘lim jazosiga yoki umrbod qamoqqa hukm qilinishi mumkin.
XS
SM
MD
LG