Линклар

O‘zbekistonlik bokschi Hasanboy Do‘stmatov 10 iyul kuni Qozon shahrida o‘tayotgan XXVII Butunjahon yozgi Universiadasida O‘zbekiston jamoasining ilk oltin medalini qo‘lga kiritdi.

49 kg vazn toifasida bellashgan Do‘stmatov final uchrashuvida janubiy koreyalik tengquri In Kyu Kimni uch raundda mag‘lub etdi.

Finalgacha bo‘lgan bosqichlarda 20 yoshli Do‘stmatov ozarbayjonlik, tojikistonlik va mo‘g‘ulistonlik sportchilar ustidan g‘alaba qozondi.

5 iyun kuni start olgan Qozon universiadasining 5-kuni O‘zbekiston jamoasi uchun unumdor bo‘ldi. Bu kuni o‘zbekistonlik sportchilar oltin medaldan tashqari yana besh kumush va to‘rt bronza medallarini qo‘lga kiritishdi.

Universiadada 71 sportchi bilan qatnashayotgan O‘zbekiston jamoasi ayni damda 1 oltin, 7 kumush va 8 bronza medali bilan jamoaviy hisobda 19 o‘rinni egallab turibdi.
XS
SM
MD
LG