Линклар

Шошилинч хабар
11 май 2024, Тошкент вақти: 03:23

Tojikistonda mobil operatorlariga hujum qilgan hakerlar ushlandi


Tojikiston huquq-tartibot organlari mahalliy mobil operatorlariga kiber-hujumlar uyushtirgan uch hakerni hibsga oldi.

Dushanbe shahrida istiqomat qilib kelgan hakerlar kompyuter dasturlari yordamida "Vavilon M" va "Indigo" shirkatlari tizimlariga noqonuniy kirib, 400 dan oshiq sim kartalar balansini to'ldirib kelishgan.

Tojikiston Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmatiga ko'ra, hakerlar Dushanbe shahrida ijaraga olingan kvartirada faoliyat yuritib kelgan.

Kiber-jinoyatchilar harakatlaridan kelgan zarar kamida 150 ming AQSh dollariga teng ekani aytilmoqda.

Bir necha kun avval Tojikiston Ichki ishlar vaziri Ramazon Rahimov mamlakatda kiber-jinoyatlar soni oshayotganini aytib, vazirlik yaqin kelajakda Kiber-jinoyatlarga qarshi kurash markazini ochmoqchi ekanini aytgan edi.
XS
SM
MD
LG