Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 14:51

O‘zganda nizo chiqqani aytilmoqda


O‘zgan ko‘chalari kuchaytirilgan tartibda nazorat qilinayotgani aytildi.
O‘zgan ko‘chalari kuchaytirilgan tartibda nazorat qilinayotgani aytildi.

Ozodlik manbasi O‘zgan shahri markazida 18 iyulga o‘tar kechasi militsiya xodimlari kaltaklangani va yuzga yaqin o‘zbek –qirg‘iz yoshlari o‘rtasida nizo chiqqani haqida ma‘lumot berdi. Biroq militsiya rasmiylari mushtlashuv bo‘lmaganini, nizoning oldi olinganini bildirmoqdalar.

O‘z ovozini yozib olishimizni istamagan o‘zganliklardan biri 18 iyulga o‘tar kechasi O‘zgan shahrida o‘zbek va –qirg‘iz yoshlari o‘rtasida nizo chiqqanini aytdi.

Unga ko‘ra, kech soat 9 lar atrofida Davlat avtomobil nazorati xodimlari “Avante-3” rusumidagi avtomashinani to‘xtatgan. Avtomashinada o‘tirgan bir necha o‘zbek millatiga mansub odam DAN xodimlari bilan janjallashib ketgan. DAN xodimlari ularni qo‘lini qayrib, militsiya bo‘limiga olib ketishga harakat qilayotgan paytda mahalla ahli, asosan ayollar ularni himoya qilmoqchi bo‘lgan. Shu asnoda voqea joyiga yuzdan ortiqroq odam to‘plangan.

Ozodlikka bog‘langan o‘zganlikning aytishicha, oradan ko‘p o‘tmay voqea joyiga yuzga yaqin qirg‘iz yoshlari to‘plangan.

“Ularning hammasi bir hil kiyingan edi. Ustlarida shortik va futbolka bo‘lgan hammasining. Ular sportchiga o‘xshagan odamlar edi. Qirg‘iz yoshlari mahalladagi masjid oldiga turib olib, o‘tgan ketgan odamlarni kaltaklashdi, bir nechta mashinaga ham ziyon yetkazishdi”, dedi ovozini yozib olishimizni istamagan o‘zganlik manba.

O‘sh viloyat militsiyasi matbuot kotibi Jenish Ashirbayev o‘zganlik manba aytgan xabarni qisman tasdiqladi.

-Hech qanday nizolashuv bo‘lgan emas. GAI xodimlari “Xunday Avante” rusumidagi mashinani boshqarib kelayotgan bir fuqaroni to‘xtatgan. Unga nisbatan protokol to‘ldirilayotgan paytda, mahalladan o‘tayotgan odamlar GAI xodimlariga to‘sqinlik qilgan va protokol yozmaslikni talab etgan. Bu tortishuvga masjiddan chiqayotgan odamlar ham aralashib ketgan. To‘planganlar militsionerlarning xizmat mashinasining oynasini pachoqlashgan. GAIga yordamga kelgan ikki militsiya xodimining ko‘ylaklarini yirtib tashlashgan, -dedi Jenish Ashirbayev.

Militsiya rasmiysining aytishicha, janjal chiqarganlardan ikki nafari shundan so‘ng militsiya bo‘limiga olib ketilgan. Bundan norozi bo‘lgan yuzga yaqin o‘zbeklar kech soat 9-10 lar atrofida militsiya bo‘limiga borib, qo‘lga olinganlarni ozod qilinishini talab qilgan.

-Mish-mish tez tarqaladi, bilasizku. Bu voqea “o‘zbeklar tuman militsiya bo‘limini vayron qilishibdi” qabilida tarqalib ketgan. Yaqin atrofdagi ikki-uch mahallada yashaydigan qirg‘izlar to‘planayotgan paytda militsiya xodimlari o‘sha joylarga borib, tushuntirish ishlarini o‘tkazib, olamonni tarqatib yubordi. Hech qanday nizolashuv, mushtlashuv bo‘lgan emas, -dedi Jenish Ashirbayev.

Uning aytishicha, voqeada ayblanib Komiljon Abdullajonov va Bahromjon Fayzullayev ismli ikki odam qo‘lga olingan. Ularga nisbatan Jinoyat Kodeksining “bezorilik” va “hukumat rasmiysiga zo‘ravonlik ko‘rsatish” moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘algan.

Jenish Ashirbayev 17 iyul kuni kechqurun O‘zganga qo‘shimcha militsiya kuchlari kiritilgani, vaziyatni izdan chiqmasligini nazorat qilish maqsadida shahar ko‘chalari kuchaytirilgan tartibda nazorat qilinayotganini aytdi.
XS
SM
MD
LG