Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 06:55

O‘zbekistonda 2 millioninchi avtomobil ishlab chiqarildi


Asakadagi avtomobil ishlab chiqarish zavodida ikki millioninchi avtomashina konveyrdan chiqdi. Bu Chevrolet Lacetti avtomashinasi bo‘ldi.

Asaka avtomobil zavodining 17 yilligi munosabati bilan Rossiyaning ITAR-TASS agentligi mana shunday xabar tarqatdi. Mazkur xabarda aytilishicha, bugungi kunda o‘zbek avtomobillari Rossiya, Qozog‘iston va Ukrainaga eksport qilinayapti. Bu mamlakatlardagi dilerlik shahobchalari soni 250 dan oshgan.

Asaka avtomobil zavodi 1996 yilda ishga tushirilgan va yiliga 250 ming avtomashna ishlab chiqarish qudratiga ega.

Rasmiy ma‘lumotda aytilishicha, O‘zbekistonda avtomobilsozlik sohasida band bo‘lgan ishchi-xizmatchilar soni 22ming 400 kishini tashkil qiladi.
XS
SM
MD
LG