Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 14:00

Britaniya Qirolichasi chevarali bo‘ldi


Shahzoda Uilyam va uning rafiqasi Keyt
Shahzoda Uilyam va uning rafiqasi Keyt
Britaniya qirolichasi Yelizaveta Ikkinchi chevarali bo‘ldi. Shahzoda Uilyam va uning rafiqasi Keyt oilasida dushanba kuni London vaqti bilan 16 dan 24 daqiqa o‘tganda birinchi o‘g‘il tug‘ildi.

Shu munosabat bilan e‘lon qilingan rasmiy ma‘lumotda aytilishicha, chaqaloqning og‘irligi 3 kilo 800 grammga teng. 31 yoshli Keyt chaqaloq bilan bir kecha tug‘ruqxonada qoladi.

Yangi tug‘ilgan chaqaloq shahzoda Charlьz va otasi Uilyamdan keyin Britaniya taxtiga voris sifatida ko‘riladigan uchinchi shaxs bo‘ldi. Chaqaloq Kembridj shahzodasi maqomiga ega uni Oliy maqom janobi oliylari deb chaqirishadi.

Shahzoda Uilyam o‘g‘illi bo‘lishi munosabati bilan bergan bayonotida “Biz bundan-da baxtli bo‘lmaganmiz” dedi. Britaniya Bosh vaziri Devid Kemeron esa navbatdagi taxt vorisining dunyoga kelishini “Britaniya milliy hayotidagi muhim voqea” deb atadi. AQSh prezident Barak Obama chaqaloqning tug‘ilishini “quvonchli hodisa” deb aytdi.
XS
SM
MD
LG