Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 16:49

Futbol: Mirjalol Qosimov kengaytirilgan tarkibni e‘lon qildi


Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov Turkiya termasiga qarshi o‘rtoqlik o‘yiniga chaqirilgan futbolchilarning kengaytirilgan ro‘yxatini e‘lon qildi.

Kengaytirilgan ro‘yxatdan jami 30 futbolchi o‘rin olgan. Ular orasida Turkiyada o‘tgan yoshlar o‘rtasidagi Jahon chempionatida qatnashgan Vladimir Kozak, Jamshid Iskanderov, Abbos Maxstaliyev va Igor Sergeyevlar ham bor.

Eslatamiz, O‘zbekiston va Turkiya milliy terma jamoalari o‘rtasidagi o‘rtoqlik uchrashuvi 14 avgust kuni Toshkentning “Paxtakor” stadionida bo‘lib o‘tadi.

Milliy terma jamoaning kengaytirilgan ro‘yxatidan o‘rin olgan futbolchilar ro‘yxati:
Darvozabonlar:
Ignatiy Nesterov (“Bunyodkor”)
Murodjon Zuhurov (“Bunyodkor”)
Sardor Qobuljonov (“Buxoro”)
Aleksandr Lobanov (“Paxtakor”)
Himoyachilar:
Shoxruh Gadoyev (“Nasaf”)
Vitaliy Denisov (“Lokomotiv” Moskva)
Artem Filiposyan (“Bunyodkor”)
Akmal Shorahmedov (“Bunyodkor”)
Shavkat Mullajonov (“Liaoning Vofin”)
Anzur Ismoilov (“Changchun Yatay”)
Islom To‘xtaxo‘jayev (“Lokomotiv”)
Islom Inomov (“Lokomotiv”)
Yegor Krimets (“Beyjing Guoan”)
Yarim himoyachilar:
Oleg Zoteyev (“Bunyodkor”)
Jasur Hasanov (“Bunyodkor”)
Fozil Musayev (“Al Muayzer”)
Server Jeparov (“Seongnam Ilva Chunma”)
Aziz Haydarov (“Ash Shabob” Dubay)
Odil Ahmedov (“Anji”)
Temur Kapadze (“Aktobe)
Sanjar Tursunov (“Lokomotiv”)
Jasur Hasanov ("Lokomotiv")
Vladimir Kozak (“Paxtakor”)
Jamshid Iskanderov (“Paxtakor”)
Abbos Maxstaliyev (“Paxtakor”)
Hujumchilar:
Ulug‘bek Baqoyev (“Irtish”)
Ivan Nagayev (“Lokomotiv”)
Igor Sergeyev (“Paxtakor”)
Farhod Tojiyev (“Lokomotiv”)
Bahodir Nasimov (“Neftchi” Baku)
XS
SM
MD
LG