Линклар

logo-print
O‘zbekiston birinchi raketkasi Denis Istomin AQShning Atlanta shahrida o‘tkazilayotgan xalqaro turnirning yakkalik bahslarida uchinchi bosqichga chiqdi.

Ikkinchi bosqichda o‘zbekistonlik tennischi mazkur turnirda beshinchi raqam ostida saralangan tayvanlik tennischi Yyen-Sin Luni ikki setda – 7:5, 6:2 hisobida mag‘lub etdi.

26 iyulga belgilangan uchinchi bosqichda Istomin janubiy afrikalik Kevin Andersen va turnirda ikkinchi saralangan avstraliyalik Metyu Ebden o‘rtasidagi uchrashuv g‘olibi bilan bellashadi.

Ayni damda o‘zbekistonning birinchi raqamli tennischisi Denis Istomin ATP jahon reytingida 66 o‘rinni egallab turibdi.

“BB&T Atlanta Open” xalqaro turnirining mukofot jamg‘armasi 545 ming AQSh dollarini tashkil etadi.
XS
SM
MD
LG