Линклар

Шошилинч хабар
20 апрел 2024, Тошкент вақти: 05:45

AQSh: Hakerlar mamlakat tarixidagi eng katta kiber-hujumda ayblandi


AQSh prokurorlari payshanba kuni to‘rt rossiyalik va bir ukrainalikga nisbatan mamlakat tarixidagi eng katta kiber-jinoyat bo‘yicha ayblovlarni e‘lon qildi.

Rossiyalik ikki ayblanuvchi - Dmitriy Smilyanets va Vladimir Drinkman 2012 yilning iyun oyidan beri hibsda saqlanmoqda.

Qolgan ayblanuvchilar Aleksandr Kalinin, Roman Kotov va ukrainanlik Mixaylo Ritikov haligacha hibsga olingani yo‘q.

Hakerlar 2005 va 2012 yillar oralig‘ida internet orqali asosan yirik korporatsiyalarga kiber-hujumlar uyushtirib kelganlikda ayblanmoqda.

Bundan tashqari, prokurorlarga ko'ra, ayblanuvchilar 160 milliondan ortiq kredit va debit kartalari raqamlarini o‘g‘irlagan.

Jabr ko‘rgan korporatsiyalar orasida AQShning Nasdaq fond birjasi va Visa Inc. shirkatlari bor.

Hakerlar hujumlaridan keltirilgan ziyon yuz million dollardan ko‘p ekani aytilmoqda.
XS
SM
MD
LG